My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 46-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz

Ilmiy faoliyat:

Algebra va uning tatbiqlari ilmiy laboratoriyasi

Funksional analiz, algebra va topologiya: operator algebralari, Li va Jordan algebralari strukturasi, nokommutativ integratsiya va kvant ehtimollik nazariyasi, o’z-o’ziga qo’shma operatorlarning Jordan algebralari va Jordan banax algebralari, operator algebralarida differensiallashlar strukturasi, Gilbert fazolaridagi chegaralanmagan operatorlar algebralarida differensiallash va avtomorfizmlar va ularning kvant dinamikasidagi tadbiqi, Noassosiativ algebralar, Li (super)algebralari, Leybniz (super)algebralari, Zinbiel algebralari, algebralarning strukturaviy nazariyasi, p-adik analiz, evolyutsion algebralar va ularning tadbiqlari, algebraik geometriyalar.

Gruppalar va graflar nazariyasi, nazariy fizika, tartiblanmagan maydonlarda tasodifiy miqdorlar, p-adik statistik fizika, Genetik va populyatsion dinamika

Dinamik sistemalar va ularning tatbiqlari ilmiy laboratoriyasi

Dinamik sistemalar nazariyasi bo’limidinamik sistemalar, differensial tenglamalar, o’yinlar nazariyasi, optimal boshqarish, ximik, siklik jarayonlarni matematik modellashtirish kabi yo’nalishlarda ilmiy faoliyat olib bormoqda.

Stoxastik analiz ilmiy laboratoriyasi

Tasodifiy yig’indilar uchun markaziy limit teoremalarning klassik va noklassik variantlari, bog’liqlik shartlarini qanoatlantiruvchi va funksional fazolarda qiymat  qabul qiluvchi tasodifiy miqdorlar uchun limit teoremalar, no’malum parametrlarning bog’liq funksional ma’lumotlar bo’yicha tuzilgan statistik baholarining asimptotik xossalari, immigratsiya komponentalari bog’liq bo’lgan tarmoqlanuvchi tasodifiy jarayonlar uchun funksional limit teoremalar, Monte-Karlo metodining tadbiqlari, tavakkalchilik sharoitida qaror qabul qilishning matematik modellari tuziladi va o’rganiladi.

Tibbiy-biologik informatika ilmiy laboratoriyasi

Dori-darmon vositalarini yaratishda sun’iy intellekt metodlarini yaratish va tadbiq qilish

Differentsial tenglamalar va ularning tatbiqlari ilmiy laboratoriyas

Garmonik analiz, differensial va psevdodifferensial operatorlarning spektral nazariyasi, Furye va veyvlet almashtirishlari, kasr tartibli operatorlar,кlassik gipergeometrik funksiya,konfluent gipergeometrik funksiya, umumlashgan gipergeometrik funksiya, pFq Appel, Gorn va Laurichella funksiyalari, fundamental yechim, chegarada buziladigan elliptik, parabolik va giperbolik tenglamalar, aralash tipdagi tenglamalar uchun masalalar,buziladigan elliptik va giperbolik tipdagi tenglamalar,maxsus funksiyalar, kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to’g’ri va teskari masalalar,  ikkinchi darajali va yuqori tartibli aralash tipdagi tenglamalar  uchun chegaraviy masalalar, matematik fizikaning klassik bo'lmagan tenglamalari  uchun teskari masalalar,  differentsial operatorlarning spektral nazariyasi,  evolyutsion tenglamalar uchun chegaraviy  masalalar.