My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
| Seminarlar | Laboratoriya tarixi | Tadqiqot yo'nalishlari | Asosiy natijalar | Mukofotlar | Xalqaro munosabatlar | Nashrlar |
Xodimlar
Azamov Abdulla
Google Scholar Scopus.com
ilmiy darajasi: f.-m.f.d,  ilmiy unvoni: akademik,  lavozimi: laboratoriya mudiri, mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 215,  telefon:  +998 97 718 08 42, email: abdulla.azamov@gmail.com
Asosiy ilmiy yo'nalishi:   dinamik sistemalar, o‘yinlar nazariyasi, differensial tenglamalar, optimal boshqaruv nazariyasi, matematik modellashtirish, matematika tarixi va metodologiyasi.
Ibragimov G’ofurjon Ismailovich
Google Scholar Google Scholar
ilmiy darajasi: f.-m.f.d,  ilmiy unvoni: professor,  lavozimi: bosh ilmiy xodim, mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 215,  telefon:  -, email: g_ibragimov@mail.ru
Asosiy ilmiy yo'nalishi:   dinamik sistemalar, o‘yinlar nazariyasi, optimal boshqaruv, differensial tenglamalar
Mamadaliyev No’monjon
Scopus.com
ilmiy darajasi: f.-m.f.d,  ilmiy unvoni: _,  lavozimi: bosh ilmiy xodim, mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 215,  telefon:  +998 90 948 28 98, email: m_numana59@mail.ru
Asosiy ilmiy yo'nalishi:   differensial tenglamalar, o‘yinlar nazariyasi, optimal boshqaruv.
Abduganiyev Abduvali Abdulhayevich

ilmiy darajasi: f.-m.f.n,  ilmiy unvoni: _,  lavozimi: katta ilmiy xodim, mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 212,  telefon:  +998 93 599 00 81, email: aaa_uz@mail.ru
Asosiy ilmiy yo'nalishi:   dinamik sistemalar, differensial tenglamalar, matematik va kompyuter modellashtirish.
Bekimov Mansur Adambayevich
Google Scholar Scopus.com
ilmiy darajasi: PhD,  ilmiy unvoni: _,  lavozimi: katta ilmiy xodim, mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 303,  telefon:  +998 90 948 12 06, email: mansu@mail.ru
Asosiy ilmiy yo'nalishi:   differensial tenglamalar, matematik modellashtirish, optimal boshqaruv, kompyuter texnologiyalari.
Tilavov Asliddin Maxmudovich
Google Scholar Scopus.com
ilmiy darajasi: PhD,  ilmiy unvoni: _,  lavozimi: kichik ilmiy xodim, mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 301,  telefon:  +998 90 742 53 82, email: liddintm@mail.ru
Asosiy ilmiy yo'nalishi:   dinamik sistemalar, differensial tenglamalar
Xolboyev Azamat G’anisherovich
Scopus.com
ilmiy darajasi: _,  ilmiy unvoni: _,  lavozimi: kichik ilmiy xodim, mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 301,  telefon:  +998 97 333 34 88, email: azamatholboyev@gmail.com
Asosiy ilmiy yo'nalishi:   differensial o’yinlar, dinamik sistemalar, differensial tenglamalar.
Begaliyev Azizjon Olimnazarovich

ilmiy darajasi: _,  ilmiy unvoni: _,  lavozimi: kichik ilmiy xodim, mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 301,  telefon:  +998 93 222 20 24, email: azizuzmu@mail.ru
Asosiy ilmiy yo'nalishi:   dinamik sistemalar, differensial tenglamalar
Baxramov Jasurbek Abduvali o’g’li
Google Scholar
ilmiy darajasi: _,  ilmiy unvoni: _,  lavozimi: tayanch doktorant, mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 301,  telefon:  +998 99 520 52 64, email: bahramov_jasurbek@mail.ru
Asosiy ilmiy yo'nalishi:   dinamik sistemalar, differensial tenglamalar

Seminarlar
        
“Dinamik sistemalar va ularning tatbiqlari” nomli haftalik ilmiy seminari
Seminar o'tkazilgan joy: onlayn
Seminar har hafta dushanba kuni soat 14:00 da o’tkaziladi.
        
Seminar rahbarlari: A.Azamov, f.-m.f.d., prof, akademik laboratoriya mudiri, G. I. Ibragimov, f-m.f.d., prof. laborotoriya bosh ilmiy xodimi. Seminar kotibi: J.A.Bahramov, tayanch doktorant.
Seminar o'tkazilgan joy: Zoom online platformasi
Seminar har hafta dushanba kuni soat 14:00 da o’tkaziladi. (Ayrim hollarda boshqa soatga ko’chirilishi mumkin va bu oldindan e’lon qilinadi).



Laboratoriya tarixi

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika institutining “Dinamik sistemalar va ularning tatbiqlarilaboratoriyasi tarixi institut tashkil etilgan 1943 yilga borib taqaladi. 1944 yilda Prof. V.A.Bugayev rahbarligida  “Geofizika nazariyasi” bo'limi ochilgan. Unda prof. V.A.Djordjio, V.I.Gubin va boshqa olimlar asosan meteorologiya muammolarini matematik usulda tadqiq etish bilan shug’ullanishgan. Keyinchalik bo'lim nomi “Amaliy matematika” deb o'zgartirilgan. 1986-94 yillarda bu bo'limga prof. B.V.Loginov, 1994-2005 yillarda prof. B.B.Rixsiyev rahbarlik qilgan. Bu davrda bo'limda tarmoqlanish nazariyasi, optimal boshqaruv va differentsial o'yinlar hamda matematik modellashtirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan (akad. N.Yu.Satimov, prof. A.A.Azamov, prof. B.B.Rixsiyev, f.-m.f.d. G.Ibragimov, f.-m.f.d. A.Sh.Kuchkarov va boshqalar).

2005 yildan bo’limni prof. (2017 yildan akademik) A.A.Azamov boshqarib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi “Matematika ta'limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4387-son qaroriga muvofiq “Dinamik sistemalar nazariyasi” bo'limi negizida “Dinamik sistemalar va ularning tatbiqlari” laboratoriyasi tashkil etildi. Hozirgi kunda laboratoriyada 7 shtat birligidan iborat 2 ta yetakchi ilmiy xodim, 2 ta katta ilmiy xodim, 2 ta kichik ilmiy xodim, 1 ta laborant faoliyat olib bormoqda. Jumladan, akad. A. Azamov, prof. G. Ibragimov, f.-m.f.d. N. Mamadaliyev, f.-m.f.n. A.A.Abduganiyev, PhD M.Bekimov va boshqalar dinamik sistemalarning klassik nazariyasi, hisoblash dinamikasi, siklik jarayonlarni matematik modellashtirish, evolyutsion sistemalarda boshqaruv, graflarda quvish masalalari bo'yicha ilmiy faoliyat olib bormoqda.

Bo'lim respublikamizning UzMU, TATU, NamDU, AndDU, GulDU, TerDU universitetlari bilan hamda ICTP (Italiya), KAIST (Janubiy Koreya), INSPEM (Malayziya), Rossiya Fanlar akademiyasi Ural bo’limining N.N.Krasovskiy nomidagi Mexanika va matematika instituti, Rossiya Fanlar akademiyasining V.A.Steklov nomidagi matematika instituti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, S-Peterburg universitetining “Amaliy matematika va boshqaruv jarayonlari” fakulteti, Galgotias universiteti (Hindiston), Lafboro (Buyuk Britaniya), Al-Ain universiteti (Birlashgan Arab amirligi) kabi horijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan ilmiy aloqalar olib borilmoqda.

 

Tadqiqot Yo'nalishlari

Hozirgi kunda “Dinamik sistemalar va ularning tatbiqlari” laboratoriyasida

quyidagi yonalishlar boyicha izlanishlar olib borilmoqda:

 

- dinamik sistemalarning sifat nazariyasi;

- hisoblash dinamikasi;

- issiqlik taqsimoti va tarqalishi jarayonlarini modellashtirish;

- dinamik o’yinlar nazariyasi;

- optimal boshqaruv nazariyasi;

- dinamik jarayonlarni matematik modellashtirish.

Asosiy natijalar

Tekislikdagi polynomial dinamik sistemalarni Puankare sferasiga davom ettirishda proyektivlik xossasi yo’qotilishi mumkinligi aniqlanib, bu xossa saqlanadigan davom ettirish usuli takli etildi.

Uch olchovli kvadratik dinamik sistemalarda davriy trayektoriyalarni avtomatik tarzda izlaydigan programma yaratildi.

Dinamik sistemalar uchun Puankare akslantirishi qurishning diskret sonli kuzatuv (DN-kuzatuv) usuli ishlab chiqildi va 2,3,4 o’lchovli dinamik sistemalar, xususan I. Prigojinning “Brusselator” misoliga tatbiq etildi.

 

Kvadratik dinamik sistemalar yechimi uchun Teylor formulasiga asoslangan aniqlilik darajasi yuqori sonli integrallash algoritmi ishlab chiqildi. Teylor formulasidagi qo’shiluvchilar tili tuzilib, uning N. Xomskiy grammatikalari o’rganildi va fractal xossalari ochildi.

Sterjendagi issiqlik almashish tenglamasi uchun suboptimal boshqarish funksiyasi qurildi.

Differensial mansubliklar uchun Pontryaginning birinchi va ikkinchi quvish usullari rivojlantirildi.

Ixtiyoriy o’lchovli fazolardagi muntazam ko’pyoqliklarning qirralari bo’ylab quvish-qochish o’yini hal etildi.

     Regenerativ havo qizdirgichdagi issiqlik almashish termodinamik jarayonining diskret dinamik sistemalar ko’rinishidagi matematik modeli yaratildi va tegishli dasturiy ta’minot yaratildi.

Dinamik sistemalar limit to’plamlarining topologik xossalari o’rganildi.

 

Mukofotlar

Laboratoriya mudiri akademik  A. Azamov “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni, Xalqoro Bobur mukofoti (2015 y.), “Mehnat shuhrati” ordeni (2016 y.) bilan taqdirlangan. Shuningdek laboratoriya bosh ilmiy xodimi G’. Ibragimov “O‘zbekiston mustaqilligining 30 yillik esdalik nishoni” (2021) bilan taqdirlangan.

 

Xalqaro munosabatlar

Laboratoriya koplab institut va universitetlar bilan faol ilmiy hamkorlik qilib kelmoqda, jumladan:

 

KAIST (Korea Advanced Institute of Science and Technology) Koreya Respublikasi

SISSA (Scuola Internazionale Superiore di Studi Avanzati) Italiya, Triyest

Laffboro universiteti, Angliya

Rossiya fanlar akademiyasi Matematika instituti, Rossiya

Moskva davlat universiteti, Rossiya

Rossiya xalqlar do’stligi universiteti, Rossiya

Matematika va mexanika instituti (URO RAN), Rossiya

Putra Malaysia universiteti, Malayziya

S-Peterburg universiteti, Rossiya va boshqalar.