My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
| Seminarlar | Laboratoriya tarixi | Tadqiqot yo'nalishlari | Asosiy natijalar | Mukofotlar | Xalqaro munosabatlar | Nashrlar |
Xodimlar
Botirov G‘olibjon Isroilovich

ilmiy darajasi: f.-m.f.d,  ilmiy unvoni: katta ilmiy xodim,  lavozimi: direktor o‘rinbosari, mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 203,  telefon:  +998 90 326 37 64, email: botirovg@yandex.ru
Asosiy ilmiy yo'nalishi:   Algebra va analiz
Boytillayev Dilmurod Ahmataliyevich
Google Scholar
ilmiy darajasi: f.-m.f.d,  ilmiy unvoni: _,  lavozimi: laboratoriya mudiri, mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 214,  telefon:  +998 93 593 98 59, email: dilmurod.boytillayev@gmail.com
Asosiy ilmiy yo'nalishi:   Differensial tenglamalar
Norjigitov Anvar Fayzullayevich
Google Scholar
ilmiy darajasi: _,  ilmiy unvoni: _,  lavozimi: katta ilmiy xodim, mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 213,  telefon:  +998 93 385 38 01, email: anvar2383@mail.ru
Asosiy ilmiy yo'nalishi:   Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
Tug’yonov Zohid Tolibovich
Google Scholar Scopus.com
ilmiy darajasi: PhD,  ilmiy unvoni: _,  lavozimi: kichik ilmiy xodim, mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 213,  telefon:  +998 90 952 83 38, email: zohidboy@mail.ru
Asosiy ilmiy yo'nalishi:   Algebra va analiz
Egamberdiyev Odiljon Ismonaliyevich
Google Scholar
ilmiy darajasi: f.-m.f.n,  ilmiy unvoni: katta ilmiy xodim,  lavozimi: ilmiy kotib, mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 213,  telefon:  +998 90 358 48 44, email: oegamberdiev55@mail.ru
Asosiy ilmiy yo'nalishi:   Algebra va analiz
Barakayev Murod Mamarahimovich

ilmiy darajasi: t.f.n,  ilmiy unvoni: katta ilmiy xodim,  lavozimi: yetakchi ilmiy xodim, mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 213,  telefon:  +99898 307 77 25, email: berilmagan@gmail.com
Asosiy ilmiy yo'nalishi:   Matematika bo‘yicha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Akmalov Abbos Akramovich

ilmiy darajasi: t.f.n,  ilmiy unvoni: katta ilmiy xodim,  lavozimi: yetakchi ilmiy xodim, mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 213,  telefon:  +998 97 702 04 78, email: abror.xakimov.79@gmail.ru
Asosiy ilmiy yo'nalishi:   Matematika bo‘yicha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

Seminarlar
        
Seminar rahbari: G‘.I. Botirov, f.- m. f. d., direktor o‘rinbosari. Seminar kotibi: D.A. Boytillayev f.- m. f. n., laboratoriya mudiri.
Seminar o'tkazilgan joy: zoom online
Seminar har hafta juma kuni soat 16:00 da o‘tkaziladi.



Laboratoriya tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining matematika ta’limi bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallarni muvofiqlashtirish laboratoriyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4708-son qarorining 10-bandiga binoan tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda laboratoriyaga fizika-matematika fanlari nomzodi D.A. Boytillayev rahbarlik qilmoqda. Shuningdek, mazkur bo‘linmada yetakchi ilmiy xodimlar M.M. Barakayev, A.A. Akmalovar, katta ilmiy xodimlar G‘.I. Botirov, O.I. Egamberdiyevlar va kichik ilmiy xodimlar A.F. Norjigitov, Z.T. Tug‘yonovlar faoliyat yuritmoqda.

Tadqiqot Yo'nalishlari

Hozirgi kunda laboratoriyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib borilmoqda:

-        Barcha ta’lim bosqichlarida matematika fanini o‘qitish bilan bog‘liq muammolarni tizimli tahlili qilish hamda ular orasidagi uzviylik va uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

-        O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli boshqarma va markazlari bilan birgalikda matematika ta’lim sohasi bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlar va o‘quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqish, muhokama qilish va ularni joriy qilishda ishtirok etish;

-        Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun  ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha zamonaviy o‘quv didaktik, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, didaktik o‘yinlar, elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish jarayonlarida ishtirok etish;

-        Umumta’lim muassasalarining matematika fani dasturini takomillashtirish, darsliklarni sodda va tushunarli tilda tayyorlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda o‘quvchi ish daftarlari, o‘qituvchi metodik qo‘llanmalarini tayyorlash jarayonlarida ishtirok etish;

-        Matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar uchun o‘quv dasturlari, darslik va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish jarayonida ishtirok etish hamda ixstisoslashtirilgan maktablarga uslubiy yordam ko‘rsatish. Prezident maktablarida Institut akademiklari tomonidan mashg‘ulotlar tashkillashtirishga ko‘maklashish;

-        O‘rta maxsus (akademik litsey), boshlang‘ich professional ta’lim (kasb-hunar maktablari)  muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, ularning matematika fani dasturlari bo‘yicha xulosalar berish, darsliklar va uslubiy qo‘llanmalar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

-        Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimlarida faoliyat olib borayotgan Matematika fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish kurslari o‘quv dasturlarini takomillashtirish jarayonida ishtirok etish. Matematika instituti olimlarini malaka oshirish kurslarida ma’ruzalar o‘qishga jalb qilish;

-        Oliy ta’lim muassasalarining matematika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalaridagi mutaxassislik fanlaridan darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, misol va masalalar to‘plami, uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar yaratishda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va Institut xodimlarining hamkorligini tashkil etish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish;

-        Davlat ta’lim muassasalarida qo‘llaniladigan matematika fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalariga majburiy tartibda Laboratoriya mutxassislari tomonidan ekspert xulosasini berish;

-        Institut hududiy bo‘linmalari tarkibida tashkil etilgan O‘quv markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga uslubiy yordam ko‘rsatish;

-        Respublika miqyosida matematika ta’limi bo‘yicha o‘quv-uslubiy  xarakterdagi  tadbirlar (ilmiy-uslubiy konferensiyalar, seminarlar, tanlovlar, ko‘rgazmalar)ni tashkil etish;

-        Institutda matematika ta’limi bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallarning elektron bazasini yaratish;

 

Asosiy natijalar

-

Mukofotlar

2021-yilda G‘.I.Botirov “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni

2021-yilda G‘.I.Botirov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.

 

Xalqaro munosabatlar

-