My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 46-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
Raxmatullayev Muzaffar Muxammadjanovich Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) ning Yosh olimlar Kengashi a’zosi
Aug. 20, 2021, 11:39 a.m.

Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida faoliyat ko‘rsatuvchi yirik xalqaro ilmiy muassasadir. Bugungi kunda mazkur nufuzli ilmiy tuzilma sayyoramizning barcha qit’alaridan ming nafardan ziyod yetakchi olim, muhandis va ixtirochilarni birlashtirib kelmoqda. 2021 yil 17 avgustda tashkilotning yangi yosh a’zolarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan saylovda o‘zbek olimi ana shunday yuksak sharafga munosib topildi. Raxmatullayev Muzaffar Muxammadjanovich Markaziy Osiyodan yangi saylangan olimdir. M.M.Raxmatullayev 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, ahamiyatlisi shundaki, nashrlarining katta qismi yuqori impakt-faktorli xalqaro jurnallarda chop etilgan. M.M.Raxmatullayev yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida ham bir necha yildan buyon sermahsul faoliyat yuritib keladi. Bugungi kunda shogirdlari orasidan 5 tasi PhD ilmiy darajalarini olishga tayyorlanmoqdalar. Muzaffar Raxmatullayev 1982 yilda Namangan viloyati, Uychi tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Namangan davlat universitetida aspiranturani muvaffaqiyatli yakunlagan. So‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutida M.Raxmatullayev 2017 yilda professor O‘tkir Abdulloyevich Roziqov rahbarligida doktorlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Raxmatullayev Muzaffar Muxammadjanovich 2020 yildan buyon Matematika instituti Namangan hududiy bo‘linmasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.