My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
SIFATLI TA’LIM YO‘NALISHIDAGI HAMKORLIK
June 11, 2025, 6:45 p.m.

SIFATLI TA’LIM YO‘NALISHIDAGI HAMKORLIK O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev huzurida 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘quvchilarni dunyoning eng nufuzli “Top-10” talik ro‘yxatiga kiruvchi oliygohlariga chuqur tayyorlash guruhini tashkil etish to‘g‘risida vazirlikning topshigiga asosan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “International finance” akademik litseyi o‘quvchilari bugun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutiga tashrif buyurishdi. Matematika institutidan f-m.f.d., professor Gʻofurjon Ibragimov litsey o‘quvchilarni institutdagi olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari yo‘nalishlari bilan tanishtirdi. “Top o’ntalik universitetlar”ga kirish uchun “SAT” imtihonlarini topshirish, bu imtihonlarga qanday tayyorgarlik ko’rish masalalari va “SAT” imtihoni savol va topshiriqlari turlari tahlili haqida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Professor Gʻ.Ibragimov litsey o‘quvchilariga “Dinamik sistemalar va ularning tatbiqi”, Ilmiy seminarlar xonasi, Matematika institutining ilmiy kutubxonasi, “Differensial tenglamalar va matematik fizika”, “Hisoblash matematikasi”, “Algebra va uning tatbiqi” kabi bir qator laboratoriyalar faoliyati va ularda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bilan tanishtirib chiqdi. Professor Gʻ.Ibragimov bugungi kunda Fanlar akademiyasi Matematika instituti olimlari tomonidan milliy iqtisodiyot sohalari uchun bir qator ilmiy-innovatsion yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilayotgani va ularning tatbiqi bo‘yicha qiziqarli ma’ruza olib bordi. Shuningek, matematika institutining olimlari dunyoning bir qator nufuzli xorijiy akademiyalariga a’zo bo‘lganlari, ularning ilmiy ishlarining yuqori e’tirof etilayotganini so‘zlab berdi. Institut olimlari tomonidani xalqaro Scopus va Web of Sience platformalaridagi yuqori kvartilli jurnallarda ilmiy maqolalar chop etayotganligini so‘zlab berdi. Professor Gʻ.Ibragimov akademik litsey o‘quvchilarining qiziqqan savollari javob berdi.