Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
|
Matematika jamiyati yig'ilishi bo'lib o'tdi. June 18, 2025, 5:55 a.m. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutida O'zbekiston matematika jamiyatining navbatdagi umumiy yig'ilishi bo'lib o'tdi. Tadbir O'zbekiston ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo'shgan yirik olim, akademik Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov tavalludining 110 yilligini munosib nishonlash masalalariga bag'ishlandi.
Yig'ilishda jamiyat a'zolari, mamlakatimizning yetakchi matematiklarii, yosh tadqiqotchilar va ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Ular zamonaviy o'zbek matematika fani maktabining asosschilaridan biri bo'lgan akademik T.A. Sarimsoqovning boy ilmiy merosi, uning ehtimollar nazariyasi, funksional analiz va topologiya sohalaridagi fundamental tadqiqotlari jahon miqyosida e'tirof etilganini alohida ta'kidlab o'tdilar.
Tadbirda T.A. Sarimsoqovning nafaqat buyuk olim, balki mohir pedagog va fan tashkilotchisi sifatida respublikamizda yuqori malakali kadrlar tayyorlashdagi beqiyos xizmatlari ham yodga olindi. Uning rahbarligida ko'plab fan doktorlari va nomzodlari yetishib chiqqani, ular bugungi kunda ham ustozlarining ishlarini munosib davom ettirib, O'zbekiston fanini dunyoga tanitayotgani qayd etildi.
|