My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 46-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
Shavkat Abdullayevich Ayupovga «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilib, oliy nishon – «Oltin yulduz» medali bilan taqdirlandi.
Aug. 31, 2021, 7:05 a.m.

Bugun poytaxtdagi Ko‘ksaroy qarorgohida yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan vatandoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. “Mukofotlanganlar orasida akademigimiz Shavkat Ayupov borligidan juda xursandman. Bu inson Sirojiddinov maktabini qayta tikladi, tinmay ishlayapti. Bilasizlarmi, hatto kimyoni o‘rganish uchun ham matematikani bilish kerak. ”, – dedi prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirda. Avval xabar qilganimizdek (https://mathinst.uz/tadbir_tuliq/13/), Prezidentimiz farmoni (https://president.uz/uz/lists/view/4560)ga ko‘ra mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirish, so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda jadallik bilan olib borilayotgan tub islohotlar jarayonidagi tashabbuskorligi, ilm-fan yo‘lida qo‘shgan katta hissasi uchun Fanlar akademiyasi akademigi, Matematika instituti direktori Shavkat Abdullayevich Ayupovga «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilib, oliy nishon – «Oltin yulduz» medali bilan taqdirlandi.