My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
Xalq ta’limi tizimida statistik ma’lumotlarni sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari asosida joriy etish
Feb. 20, 2022, 4:35 p.m.

✅A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutida xalq ta’limi tizimida ayrim fanlar bo‘yicha o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish asosida pedagog kadrlar buyurtmasini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish yo‘nalishi bo‘yicha seminar tashkil etildi. 🔰Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutidan vakillar ishtirok etdi. ✅Tadbirda xalq ta’limi tizimida statistik ma’lumotlarni sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari asosida tahlil qilishga qaratilgan loyiha mazmun-mohiyati bilan tanishtirilib, bildiriladigan taklif va mulohazalar umumlashtirildi. ✅Institut ilmiy bo‘lim mudiri i.f.n., dosent A.Ibragimov ishtirokchilarga “Xalq ta’limi tizimida statistik ma’lumotlarni sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari asosida joriy etish” bo‘yicha tayyorlanayotgan loyiha maqsadi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi