My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
Bugungi “Hafta qahramoni” – Abror Xudoyberdiyev
Aug. 19, 2021, 4:38 a.m.

✅2001–2005-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakultetining bakalavr bosqichida tahsil olgan. 2005–2007-yillar davomida O‘zbekiston Milliy universitetining Matematik mantiq, algebra va sonlar nazariyasi mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabasi bo‘lgan. ✅Rus va ingliz tillarini mukammal biladi. ✅Yosh iqtidorli olim sifatida Abrorbek ko‘plab xorijiy ilmiy safarlarda bo‘lgan va xalqaro kongress va anjumanlarda ishtirok etgan. 2014-yilda Butunjahon Fanlar Akademiyasining yosh olimlar kengashi a’zosi etib saylangan. 2017-yilda esa Turkiyzabon Davlatlar Matematiklar jamiyati tomonidan “Yilning eng yaxshi yosh matematigi” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, u AQSH matematiklar jamiyati tahririyat kengashi a’zosi hisoblanadi. ✅ Bugungi kunda u O‘zbekiston Matematiklar jamiyati ijrochi direktori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi huzuridagi Ekspertlar kengashi a’zosi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi ilmiy kengash kotibi, V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash a’zosi. Qahramonimiz Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yoshlar akademiyasi” a’zosi hamdir. ✅Abror Xudoyberdiyev 2010-yilda “Graduirlangan chekli o‘lchamli nilpotent Leynbits algebralarining tasnifi” mavzusida nomzodlik, 2016-yilda “Chekli o’lchamli kompleks Leynbits algebralarining tuzilish nazariyasi va nilpotent Leybnits superalgebralarining tasnifi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2018-yilda dotsent ilmiy unvoniga ega bo’lgan. ✅ Hozirgi kunda O‘zbekiston Milliy universitetida kafedra professori lavozimida faoliyat yuritish bilan birga talaba va magistrlarga bilim berib, ularni ilmiy izlanishlarga kengroq jalb etib kelmoqda. Universitet talabalari uchun 1 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta uslubiy qo‘llanma va 2 ta o‘quv uslubiy majmualar chop ettirgan. Hozirda magistrlar uchun mo‘ljallangan darslik tayyorlash ustida ish olib bormoqda. ✅ Ilmiy ishlari doirasini yanada kengaytirib borayotgan Abror Xudoyberdiyev hozirgi kunda turli xil noassosiativ algebralar, ularning tasniflari va deformatsiyalar nazariyasi ustida izlanmoqda. Ustoz-shogird an’anasini davom ettirgan holda hozirda 2 ta tayanch doktorant va 10 ga yaqin magistrlarga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda. ✅ 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. Innovatsion Rivojlanish vazirligi tomonidan 2020-yil yakuni bo‘yicha Scopus xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazasida eng yuqori «Hirsh indeksi»ga erishgan 40 yoshgacha bo‘lgan matematik olim sifatida 100 mln so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlangan.