Institutda zamonaviy matematikaning dolzarb yo’nalishlari bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Institutning eng katta yutug’i sifatida V.I.Romanovskiy, T.A.Sarimso?ov, S.H.Sirojiddinovlarning sa’y harakatlari bilan barpo bo’lib, dunyo matematika ham jamiyati tomonidan tan olingan algebra va funksional analiz, differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika ilmiy maktablarini e’tirof etish mumkin. Bu maktablarni bugungi kunda akademiklar  SH.A.Ayupov, M.S.Salahitdinov, Sh.K.Farmanov, A.Azamov va boshqalar boshqarib kelishmoqda.Institut olimlari O’rta asrlarda matematikaning rivojlanish tarihini keng o’rganishda samarali tadqiqotlar olib borishdi va katta hissa qo’shishdi ( akademiklar S.H.Sirajdinov, G.P.Matvievskaya va boshqalar).Institut hodimlari tomonidan olingan natijalar monografiyalar, darsliklar va chet el nufuzli jurnallarida chop etilgan ko’plab manolalarda o’z aksini topgan. Institutda O’zbekiston matematika jurnali («Узбекский математический журнал») muntazam ravishda nashr etib kelinmoqda.