
Matematik talabalarimizdan xushxabar
2 ta oltin medal, 5 ta kumush medal, 3 ta bronza medal va 4 ta faxriy yorliq!
2020 yilning 25-30 iyul kunlari talabalar o‘rtasidagi xalqaro matematika olimpiadasi (IMC- International Mathematical Competition) onlayn tarzda o‘tkaziladi. Ushbu olimpiadada 46 ta davlatdan 546 nafar talabalar ishtirok etdi. Jumladan, Massachusetts Institute of Technology, Stanford University, New York University, University of Maryland, Carnegiye Mellon University (AQSh), Saint-Petersburg State University, Moscow Institute of Physics and Technology, Higher School of Economics (Rossiya), Tel Aviv University, Bar Ilan University (Isroil), Rheinische Friyedrich-Wilhelms-Universität Bonn, Universität Leipzig, Georg-August-Universität Göttingen (Germaniya), University of Cambridge, University College London, Imperial College London, University of Manchester, University of Warwick, University of Leyeds (Buyuk Britaniya) va boshqa nufuzli universitetlardan talabalar ishtirok etishdi.
Talabalarning xalqaro matematika olimpiadalarida munosib ishtirok etishi va iqtidorli talabalarni saralash maqsadida Matematika instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorlikda “Mathematical olympiads of Uzbekistan for University Students” nomli onlayn loyiha 1200 dan ortiq ishtirokchilar 17 nafar talaba iyun oyining oxirida saralab olindi. 2020 yilning aprel oyidan...