Matematika instituti dunyoning hech bir matematika markazidan qolishmaydi.

Matematika instituti dunyoning hech bir matematika markazidan qolishmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti 1943-yilda tashkil etilgan. Institut oʻz faoliyati davrida matematika fanini rivojlantirish, respublika uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga sezilarli hissa qoʻshdi va matematik tadqiqotlarning jahon darajasida eʼtirof etilgan markazlaridan biriga aylandi. Matematika institutida 72 nafar ilmiy xodim, jumladan, 5 nafar akademik faoliyat yuritmoqda. Oxirgi ikki yilda 11 nafar fan doktori va 14 nafar fan nomzodi tayyorlangan. 422 ta ilmiy maqola (245 tasi chet elda), 9 ta monografiya (5 tasi chet elda) chop etilgan. Matematika instituti Akademiklar shaharchasidagi Sharqshunoslik institutining eski binosida joylashgan edi. 2019-yil 9-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Matematika taʼlimi va fanlarini yana-da rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Matematiklarga zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida Olmazor tumanidagi Talabalar shaharchasida yangi bino qisqa muddat ichida qurilib, foydalanishga topshirildi. Yangi binoda 7 ta ilmiy laboratoriya va “Yosh matematiklar” markazi faoliyat yuritadi. Binoning shinam qavatlarida axborot-resurs markazi va seminar xonalari, akademik va tadqiqotchilar uchun kabinetlar, kutubxona,...
Read More