Oʻzbekistonlik matematik – xalqaro mukofot sovrindori

Islom hamkorlik tashkilotining ilmiy va texnikaviy hamkorlik qoʻmitasi COMSTECH (Committee on Scientific and Technological Cooperation) xalqaro ekspertlari hayʼatining 2020-yil 24-sentyabrdagi qaroriga binoan 2019-yil uchun matematika sohasida “Eng yaxshi ilmiy maqola” mukofoti V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosari, professor Oʻtkir Roziqovga berildi.Professor ushbu xalqaro mukofotga “Matematik biologiya”(Journal of Mathematical Biology) xorijiy jurnalida chop etilgan “DNKning daraxt-iyerarxiyasi va Holliday birikmalar taqsimoti” maqolasi uchun sazovor boʻldi. Haqiqatda o'z kasbi fidoiysi, kamtar, professor O'tkir Roziqovni va akademik Sh.A.Ayupov boshchiligidagi Matematika instituti jamoasini tabriklab qolamiz. Ushbu inson Butunjahon Fanlar akademiyasi a’zosi ham hisoblanadi.    ...
Read More