Hozirgi kunda laboratoriyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib
borilmoqda:
-
Barcha
ta’lim bosqichlarida matematika fanini o‘qitish bilan bog‘liq muammolarni
tizimli tahlili qilish hamda ular orasidagi uzviylik va uzluksizligini
ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
-
O‘zbekiston
Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Maktabgacha
ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligining tegishli boshqarma va markazlari bilan birgalikda matematika
ta’lim sohasi bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlar va o‘quv-uslubiy materiallarni
ishlab chiqish, muhokama qilish va ularni joriy qilishda ishtirok etish;
-
Maktabgacha
ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun ilk matematik tasavvurlarni
shakllantirish bo‘yicha zamonaviy o‘quv didaktik, ko‘rgazmali va tarqatma
materiallar, didaktik o‘yinlar, elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish
jarayonlarida ishtirok etish;
-
Umumta’lim
muassasalarining matematika fani dasturini takomillashtirish, darsliklarni
sodda va tushunarli tilda tayyorlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda
o‘quvchi ish daftarlari, o‘qituvchi metodik qo‘llanmalarini tayyorlash
jarayonlarida ishtirok etish;
-
Matematika
fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar uchun o‘quv
dasturlari, darslik va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish jarayonida ishtirok
etish hamda ixstisoslashtirilgan maktablarga uslubiy yordam ko‘rsatish.
Prezident maktablarida Institut akademiklari tomonidan mashg‘ulotlar
tashkillashtirishga ko‘maklashish;
-
O‘rta
maxsus (akademik litsey), boshlang‘ich professional ta’lim (kasb-hunar
maktablari) muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, ularning matematika
fani dasturlari bo‘yicha xulosalar berish, darsliklar va uslubiy qo‘llanmalar
yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
-
Xalq
ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimlarida
faoliyat olib borayotgan Matematika fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish
kurslari o‘quv dasturlarini takomillashtirish jarayonida ishtirok etish.
Matematika instituti olimlarini malaka oshirish kurslarida ma’ruzalar o‘qishga
jalb qilish;
-
Oliy ta’lim
muassasalarining matematika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va
magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalaridagi mutaxassislik fanlaridan
darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, misol va masalalar to‘plami,
uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar yaratishda oliy ta’lim muassasalari
professor-o‘qituvchilari va Institut xodimlarining hamkorligini tashkil etish
va ular faoliyatini muvofiqlashtirish;
-
Davlat
ta’lim muassasalarida qo‘llaniladigan matematika fani bo‘yicha darsliklar va
o‘quv qo‘llanmalariga majburiy tartibda Laboratoriya mutxassislari tomonidan
ekspert xulosasini berish;
-
Institut
hududiy bo‘linmalari tarkibida tashkil etilgan O‘quv markazlari faoliyatini
muvofiqlashtirish va ularga uslubiy yordam ko‘rsatish;
-
Respublika
miqyosida matematika ta’limi bo‘yicha o‘quv-uslubiy xarakterdagi tadbirlar
(ilmiy-uslubiy konferensiyalar, seminarlar, tanlovlar, ko‘rgazmalar)ni tashkil
etish;
-
Institutda
matematika ta’limi bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallarning elektron bazasini
yaratish;