Oʻzbekistonlik matematik – xalqaro mukofot sovrindori

Islom hamkorlik tashkilotining ilmiy va texnikaviy hamkorlik qoʻmitasi COMSTECH (Committee on Scientific and Technological Cooperation) xalqaro ekspertlari hayʼatining 2020-yil 24-sentyabrdagi qaroriga binoan 2019-yil uchun matematika sohasida “Eng yaxshi ilmiy maqola” mukofoti V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosari, professor Oʻtkir Roziqovga berildi.Professor ushbu xalqaro mukofotga “Matematik biologiya”(Journal of Mathematical Biology) xorijiy jurnalida chop etilgan “DNKning daraxt-iyerarxiyasi va Holliday birikmalar taqsimoti” maqolasi uchun sazovor boʻldi. Haqiqatda o'z kasbi fidoiysi, kamtar, professor O'tkir Roziqovni va akademik Sh.A.Ayupov boshchiligidagi Matematika instituti jamoasini tabriklab qolamiz. Ushbu inson Butunjahon Fanlar akademiyasi a’zosi ham hisoblanadi.    ...
Read More

“STOXASTIK TAHLILNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI” MAVZUSIDAGI ILMIY KONFERENSIYA

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zR Fanlar Akademiyasi V. I. Romanovskiy  nomidagi Matematika instituti   AKADEMIK  S. H. SIROJIDDINOV  TAVALLUDINING 100 YILLIGIGA  BAG‘ISHLANGAN “STOXASTIK  TAHLILNING  ZAMONAVIY  MUAMMOLARI” MAVZUSIDAGI  ILMIY   KONFERENSIYA   21-22 sentyabr 2020 yil. Toshkent Faylni yuklash...
Read More
Talabalar va yosh olimlar uchun Yozgi matematika maktablari davom etmoqda!

Talabalar va yosh olimlar uchun Yozgi matematika maktablari davom etmoqda!

2020 yil 14 avgust kuni quyidagi Yozgi matematika maktablarida  onlayn darslar o‘tkaziladi:   1️⃣ Soat 11:30 da "r-adik analizga kirish" mavzusidagi Yozgi matematika maktabining onlayn darslari  boshlanadi. Ma’ruzachi: PhD Otabek Xakimov va PhD Iskandar Sattarov   👉 Zoom havolasi: https://us02web.zoom.us/j/4436306813 👉 Identifikator: 443 630 6813   2️⃣ Soat 14:00 da "Algebraik topologiya"  mavzusidagi  Yozgi matematika maktabining onlayn darslari  boshlanadi. Ma’ruzachi: PhD Karim Raximov   👉 Zoom havolasi: https://us04web.zoom.us/j/8639470525?pwd=WEtHK0llaWZmTWtmTnhPUlVqRmlGUT09 👉 Identifikator: 863 947 0525 👉 Parol: 1   3️⃣ Soat 15:00  da  "Python dasturlash tili va unda sonli usullar" mavzusidagi  Yozgi matematika maktabining onlayn darslari  boshlanadi. Ma’ruzachilar: professor Abdullo Hayotov  va tayanch doktorant Samandar Babayev.   👉 Zoom havolasi: https://us02web.zoom.us/j/8897992695 👉 Identifikator: 889 799 2695...
Read More
Doktorantura ta’limi shartlari haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Doktorantura ta’limi shartlari haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Innovatsion rivojlanish vaziri birinchi o‘rinbosari Sharof Rajabboyev AOKAda o‘tkazilgan brifingda stajer-tadqiqotchi, tayanch-doktorantura, doktorantura ta’limining ayrim shartlari haqida tushuntirish berdi.   Stajer-tadqiqotchi, tayanch doktorant va doktorant   Stajer tadqiqotchilik – ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va ilmiy izlanishlar olib borish uchun oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy tashkilotda tashkil etilgan ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha tegishli ixtisoslik bo‘yicha tayanch doktoranturaga tayyorlov bosqichidir. Uning yakuni bo‘yicha ilmiy daraja berilmaydi, balki tayanch doktoranturaga kerakli bilim va ko‘nikmalar o‘zlashtiriladi.   Tayanch doktorant va doktorantning farqi oliy ta’limdagi bakalavr va magistr singari bo‘lib, tizimda faqat doktorant degan tushuncha ishlatiladi, tayanch doktorant tushunchasi ishlatilmaydi.   Oliy ta’limdan keyingi tizimda umumiy tahsil olayotganlarning barchasi izlanuvchi deyiladi.   Izlanuvchi ilmiy faoliyatga tegishli bo‘lmagan tashkilot, korxonada ishlagan holda mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirib, ilmiy izlanish olib borishi mumkin. Ariza hujjat topshirilayotgan OTM yoki ilmiy tashkilot rahbari nomiga yoziladi.   Qabul jarayoni   Doktorantura bosqichlariga qabul yilda bir marotaba – sentabr oyida e’lon qilinadi, oktabr oyiga qadar hujjatlar qabul qilinadi. Noyabr oyida imtihon o‘tkaziladi va dekabrda qabul bo‘yicha yakuniy qaror chiqariladi. O‘qish jarayonlari yanvar...
Read More
Matematik talabalarimizdan xushxabar

Matematik talabalarimizdan xushxabar

2 ta oltin medal, 5 ta kumush medal, 3 ta bronza medal va 4 ta faxriy yorliq!   2020 yilning 25-30 iyul kunlari talabalar o‘rtasidagi xalqaro matematika olimpiadasi (IMC- International Mathematical Competition) onlayn tarzda o‘tkaziladi. Ushbu olimpiadada 46 ta davlatdan 546 nafar talabalar ishtirok etdi. Jumladan, Massachusetts Institute of Technology, Stanford University, New York University, University of Maryland, Carnegiye Mellon University (AQSh), Saint-Petersburg State University, Moscow Institute of Physics and Technology, Higher School of Economics (Rossiya), Tel Aviv University, Bar Ilan University (Isroil), Rheinische Friyedrich-Wilhelms-Universität Bonn, Universität Leipzig, Georg-August-Universität Göttingen (Germaniya), University of Cambridge, University College London, Imperial College London, University of Manchester, University of Warwick, University of Leyeds (Buyuk Britaniya) va boshqa nufuzli universitetlardan talabalar ishtirok etishdi.   Talabalarning xalqaro matematika olimpiadalarida munosib ishtirok etishi va iqtidorli talabalarni saralash maqsadida Matematika instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorlikda “Mathematical olympiads of Uzbekistan for University Students” nomli onlayn loyiha 1200 dan ortiq ishtirokchilar 17 nafar talaba iyun oyining oxirida saralab olindi. 2020 yilning aprel oyidan...
Read More

Ёдингиздами?!

Математика институти Тошкент давлат техника университети билан ҳамкорликда 2020 йил 23 июль куни соат 11:00 да муҳандис-техника бакалавриат таълим йўналишларида ўқув дастури мазмунини соҳаларнинг амалий вазифаларига, тадбиқий масалаларига мувофиқлаштириб ишлаб чиқиш бўйича ZOOM дастурида (https://us02web.zoom.us/j/4436306813) онлайн семинар ўтказишини маълум қиламиз. Сизда таклифлар бўлса биз билан бирга бўлинг!...
Read More
Matematika instituti dunyoning hech bir matematika markazidan qolishmaydi.

Matematika instituti dunyoning hech bir matematika markazidan qolishmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti 1943-yilda tashkil etilgan. Institut oʻz faoliyati davrida matematika fanini rivojlantirish, respublika uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga sezilarli hissa qoʻshdi va matematik tadqiqotlarning jahon darajasida eʼtirof etilgan markazlaridan biriga aylandi. Matematika institutida 72 nafar ilmiy xodim, jumladan, 5 nafar akademik faoliyat yuritmoqda. Oxirgi ikki yilda 11 nafar fan doktori va 14 nafar fan nomzodi tayyorlangan. 422 ta ilmiy maqola (245 tasi chet elda), 9 ta monografiya (5 tasi chet elda) chop etilgan. Matematika instituti Akademiklar shaharchasidagi Sharqshunoslik institutining eski binosida joylashgan edi. 2019-yil 9-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Matematika taʼlimi va fanlarini yana-da rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Matematiklarga zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida Olmazor tumanidagi Talabalar shaharchasida yangi bino qisqa muddat ichida qurilib, foydalanishga topshirildi. Yangi binoda 7 ta ilmiy laboratoriya va “Yosh matematiklar” markazi faoliyat yuritadi. Binoning shinam qavatlarida axborot-resurs markazi va seminar xonalari, akademik va tadqiqotchilar uchun kabinetlar, kutubxona,...
Read More
Matematika instituti barcha olimlar uchun maʼrifat markazi boʻladi

Matematika instituti barcha olimlar uchun maʼrifat markazi boʻladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-iyun kuni Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Matematika institutiga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga shu yil yanvar oyidagi Murojaatnomasida har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yoʻnalishi rivojlantirilishini aytgan edi. Joriy yilda matematika ana shulardan biri sifatida belgilandi. Bu xalqimizni ham, ilmiy jamoatchilikni ham gʻoyat quvontirdi. Chunki matematika yurtimizda chuqur tarixiy asosga ega va bugungi kunda taraqqiyot uchun gʻoyat dolzarb. Mamlakatimizda ushbu yoʻnalishni rivojlantirishda Fanlar akademiyasining Matematika instituti katta oʻrin tutadi. 1943-yilda tashkil etilgan bu dargoh oʻtgan davrda matematik tadqiqotlarning yirik markazlaridan biriga aylangan. Bu yerda shakllangan algebra va funksional analiz, differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika boʻyicha ilmiy maktablar jahon olimlari tomonidan eʼtirof etilgan. Lekin shu paytgacha institut eski, taʼmirtalab binoda ish yuritib kelayotgan edi. Matematiklarga zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida Olmazor tumanidagi Talabalar shaharchasida yangi bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Prezidentimiz bu yerda yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi. Yangi imoratda 7 ta ilmiy laboratoriya va “Yosh matematiklar” markazi faoliyat yuritadi. Binoning shinam qavatlarida axborot-resurs markazi va seminar xonalari, akademik va tadqiqotchilar uchun kabinetlar, kutubxona,...
Read More