Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
|
Akademik U.A. Rozikovning “DNK molekulalarining o‘zaro ta’sir qilish tizimida pufakchalar birikishi” maqolasi “Biomathematics” jurnalida chop etildi. May 8, 2024, 5:50 a.m. Yaqinda International Journal of Biomathematics jurnalida akademik Utkir Rozikovning “DNK molekulalarining o‘zaro ta’sir qilish tizimida pufakchalar birikishi” nomli maqolasi chop etildi.
Ushbu maqolada o‘zaro ta’sir qiluvchi DNK molekulalarining ikkita modelini ko‘rib chiqildi. Bular o‘zaro ta’sir qiluvchi DNKlarda pufakchalarning birikishi va kondensatsiyalangan DNK molekulalarida qabariq birikishi modellaridir.
Ushbu modellarining birikishi termodinamikasini o‘rganish uchun statistik fizika usullaridan foydalanilgan. Ya’ni, har bir modelning Gamiltonianini aniqlanib va ularning translyatsion-invariant Gibbs o‘lchovlari berilgan. Pufakchalarning birikishi modeli uchun parametrlarning shunday qiymatlari topilganki, bu qiymatlarda DNK molekulalarida uch xil holat ro‘y beradi: “Pufakchalarning birikishi yo‘q”, “Dominant yumshoq zona” va “Pufakchalarning birikishi”. Qabariq birikishi modelida har qanday joiz parametrlar uchun “Pufakchalning birikishi yo‘q” holati yuqori ehtimollik bilan kuzatiladi.
|