My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 46-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
Matematika instituti Buxoro hududiy bo‘linmasi ilmiy xodimlari
Sept. 21, 2021, 5:35 a.m.

2021 yil 21 sentyabr kuni Matematika instituti Buxoro hududiy bo‘linmasi ilmiy xodimlari hamda Buxoro davlat universiteti “Differensial tenglamalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Buxoro tumanidagi 3-IDUM da tuman matematika o‘qituvchilari bilan uchrashishdi. O‘qituvchilar bilan maktabda matematika o‘qitishdagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi, kerakli metodik tavsiyalar berildi, o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun kerakli maslahatlar berildi. Matematika instituti Buxoro bo‘linmasi tomonidan tashkil qilingan onlayn “Mahorat darslari” faoliyati haqida ma’lumot berilib, bunda mavzular maktab o‘qituvchilari tomonidan ham taklif qilinishi mumkinligi aytib o‘tildi. O‘qituvchilarga Matematika instituti katta ilmiy xodimi Z.R. Bozorov “Aralashma va qotishmalarga oid ba’zi masalalarni yechish usullari” mavzusida mahorat darsi o‘tdi.