My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 46-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida 1-oktabr – "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan Oʻzbekiston Qahramoni bilan uchrashuv tashkil etildi.
Sept. 28, 2021, 4:01 p.m.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida 1-oktabr – "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan Oʻzbekiston Qahramoni bilan uchrashuv tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Mustaqillik bayramining 30 yilligi arafasida Fanlar akademiyasining Matematika instituti direktori Ayupov Shavkat Abdullayevichga "Oʻzbekiston Qahramoni" unvoni berilib, oliy nishon – "Oltin yulduz" medali topshirilgan edi. Maʼrifiy uchrashuvda Agentlik tizim tashkilotlarining faol yoshlari Oʻzbekiston Qahramonining ibratli hayot yoʻlidan boxabar boʻlib, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar jarayonidagi tashabbuskorlik, davlat va xalq manfaatlari yoʻlida fidokorona mehnat, ishlab chiqarish va ijtimoiy-maʼnaviy sohalardagi koʻp yillik samarali va ibratli faoliyat munosib taqdirlanishi xususidagi maʼlumotlarga ega boʻldi va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.