My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
Bugungi “Hafta qahramoni” – Sardor Bozorboyev
Sept. 29, 2021, 4:05 p.m.

Bugungi “Hafta qahramoni” – Sardor Bozorboyev 📍Sardor Bozorboyev 1996-yil 8-oktyabr kuni Xorazm viloyati, Gurlan tumanida tugʼilgan. ✅2019-yili Oʼzbekiston Milliy universitetining matematika fakultetini bakalavr bosqichida oʼqishini tamomlagan. 2021-yilda esa ushbu institutning magistraturasini muvaffaqiyatli yakunladi. ✅Rus va ingliz tillarini biladi. ✅Dunyoning nufuzli arenalarida matematika fani bo'yicha ko'p bora Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelgan Sardor Bozorboyev «Oʼzbekiston belgisi» koʼkrak nishoni, "Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi" sohibi, “Mard o‘g‘lon" davlat mukofotining egasidir. ✅2019-yilning 24-may kuni yurtboshimiz O'zbekiston Milliy universitetida oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashuv o'tkazgandi. Ushbu yig'ilishda Prezidentimiz ko'plab xalqaro olimpiadalar gʻolibi Sardor Bozorboyevga «Cobalt» avtomobilini sovg'a qildi va Xalq ta’limi vazirligida ishlashga tavsiya qildilar. Bu mukofot matematika bilimdoniga bildirilgan yuksak ishonchning namunasi, desak mubolag'a bo'lmaydi. ✅ Sardor Bozorboyev 2021-yilda ikkita yirik xalqaro olimpiada Oʻzbekiston terma jamoasi rahbari boʻldi va jamoaning yuqori natijasiga hissa qoʻshib, «Xalq taʼlimi aʼlochisi» koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi. ✅ Bundan tashqari qahramonimiz KHISO olimpiada maktabi asoschisi. Kuntesti mobil ilovasi va www.khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasi startap loiyhasi bilan koʼpchilikni eʼtiboriga tushdi. Sardorbekning fikriga koʼra, karantin davrida o‘quvchilarni vaqtini foydali va qiziqarli o‘tkazadigan, ularga ishtiyoq beradigan platforma yurtimizda mavjud emasligi nafaqat talimga, balki iqtisodiy tomondan ham zarari katta ekanligini maʼlum qildi. Bugungi kunda ota-onalar farzandlari 1-sinfidanoq sifatli talim olishlariga katta etibor qaratishmoqda. Buning uchun farzandlarida motivatsiya uyg‘ota oladigan loyihalar zarur. Shu sababli ushbu startap loyihaga qoʼl urganligini qayd etdi. ✅Oʼzini fan rivojiga bagʼishlagan yosh olimning “Kuntesti mobil ilovasi” STARTUP loyiha sifatida “Bo‘lajak olim” tanloviga topshirilib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. ✅Bugungi kunda Sardorbek Prezident stipendiyasi sohibi sifatida imtiyoz bilan Tayanch doktarantura (Phd) ga qabul qilindi va ilmiy faoliyatini davom ettirmoqda. Shuningdek iqtidorli oʻquvchilarni xalqaro olimpiadalarda yuqori natijaga erishishiga yordam berib kelmoqda. Qolaversa, olimpiadalarga tayyorgalik koʻrish uchun moʻljallangan innovatsion kitob tayyorlash ustidan ish olib bormoqda.