My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 46-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
A.A’zamov Matematika fakulteti talabalari bilan uchrashdi
Oct. 6, 2021, 5:09 p.m.

Keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim sohasida juda katta ijobiy o‘zgarishlar yuz bormoqda. Bu o‘zgarishlarni shaxsan Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning o‘zlari sinchkovlik bilan nazorat qilmoqdalar. Sohaning og‘riqli nuqtalarini o‘zlari aniqlab, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishning aniq chora-tadbirlarini ko‘rsatib bormoqdalar. Xususan, ta’lim sifatini oshirishda ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan talabni to‘la qonli qondirishda, nafaqat xorijiy tajribadan, balki ichki imkoniyatlarimizdan ham unumli foydalanishimiz zarurdir. Ko‘p yo‘nalishlarda bo‘lgani kabi, matematika yo‘nalishida ham vatanimiz ulkan ichki imkoniyatlarga ega davlat hisoblanadi. Mamlakatimizda matematika sohasida qator yirik ilmiy maktablar mavjud bo‘lib, ular dunyoda katta ilmiy nufuzga ega. Bu maktablarning asoschilari baxtimizga hozirda ham samarali ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalarki, ularni dunyo matematiklari hayrat bilan e’tirof etadilar. Namangan davlat universiteti matematika fakultetida atoqli olim, O‘zR FA akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Matematiklari jamiyati raisi, adabiyotshunos olim, drammaturg, aruz ilmining bilimdoni Abdulla Azamov bilan talabalar, magistrantlar, ilmiy tadqiqotchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Qodirxonov Murodxon ochib berib, A.A’zamovdek Akademiklar bilan uchrashuv talaba-yoshlar xayotida unutilmas lahzalarga boy xotira bo‘lib saqlanib qolishini ta’kidlab o‘tdi. B.Samatov: A.A’zamov 1947-yil Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tug‘ilgan. atoqli olim, O‘zR FA akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Matematiklari jamiyati raisi, adabiyotshunos olim, drammaturg, aruz ilmining bilimdoni. O‘tgan yili Prezidentimizni olimlar bilan uchrashuvda ustozimizga Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “Siz men uchun shaxsiy na’munasiz” deya ta’kidlaganlari ustozni qay darajada saloxiyatli ekanliklarini bildirib o‘tadi. Shundan so‘ng, so‘z olgan A.A’zamov dunyoni ko‘zga ko‘ringan matematiklarni xayoti, ularni erishgan yutuqlari, shuningdek, matematiklarni xayotdagi o‘rni va fanni turmushda qo‘llanilishi bo‘yicha turli faktlar orqali talabalarga so‘zlab berdi. Uchrashuv yakunida talaba-yoshlar o‘zlari qiziqtirgan savollariga javob olishdi. A.Azamov ma’ruza so‘nggida talabalarga mavzu bo‘yicha mustaqil shug‘ullanishlari uchun muammoli topshiriqlar berdi. Abdulla Azamovdek ulug‘larimiz g‘animat. Ularni e’zozlab, ilmiy bisotlaridan foydalanishimiz, ularni kelajak avlodlarga yetkazishimiz lozim.