O‘zbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri va V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti bosh ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Omirov Baxrom Abdazovich 2022 yil 1 yanvardan Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) ning rivojlanayotgan mamlakatlarda ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha a’zosi etib saylandi.
Omirov Baxrom Abdazovich noassosiativ algebralar hamda superalgebralarning strukturaviy nazariyasini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan olimdir.