My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGIGA MATEMATIK TALABALARIMIZDAN MUNOSIB SOVG‘A!!!
Aug. 7, 2021, 4:46 p.m.

Talabalarimiz Xalqaro Matematika olimpiadasida 5 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza medal va 2 ta faxriy yorliqni qo'lga kiritishdi! 2021 yilning 2-7 avgust kunlari universitet talabalari o‘rtasidagi Xalqaro Matematika Musobaqasi (IMC - International Mathematical Competition) bo‘lib o‘tdi. Ushbu olimpiadada 55 dan ortiq davlatlardan 592 nafar talabalar ishtirok etdi. Jumladan, Massachusetts Institute of Technology, Stanford University, Carnegie Mellon University (AQSH), Saint-Petersburg State University, Moscow Institute of Physics and Technology (Rossiya), Rheinische Friedrich-Wilhelms-Universität Bonn, Georg-August-Universität Göttingen (Gemaniya), University of Cambridge, University College London, Imperial College London, University of Manchester, (Buyuk Britaniya) va boshqa nufuzli universitetlardan talabalar ishtirok etishdi. O‘zbekistonlik talabalarning ushbu olimpiadada munosib ishtirokini taminlash maqsadida joriy yilning Mart - Iyul oylarida V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti mutaxassis o‘qituvchilari Behzod Qurbonboyev va Farhod Haydarovlar tomonidan tayyorgarlik o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi. Tayyorgarlikning yakuniy bosqichi Iyul oyida o‘tkazilib, to‘rt bosqichli saralash natijalariga ko‘ra 17 nafar talaba terma jamoaga qabul qilindi. Olimpiada natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Abdushukur Ahadov-oltin, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Jasurbek Imomov-oltin, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Maftuna Samatboyeva-oltin, Urganch davlat universiteti talabasi Islombek Ismoilov-oltin, Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Kamal Sadikov-oltin, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Shohzod Quroqboev-kumush, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Doniyor Yazdonov-kumush, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Jahongir Turayev kumush, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Jahongir Norboev-kumush, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Davrbek Oltiboev-kumush, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Abdumalik Abduqayumov-kumush, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Laziz Abdullaev-bronza, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Nilufar Rajabova-bronza, Guliston davlat universiteti talabasi Olimjon Jalilov- bronza, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Jahongir Tursunboyev-bronza medalga, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Javohir Iskandarov-faxriy yorliq, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Nodirbek G‘afforov- faxriy yorliqqa sazovor bo‘lishdi. Matematika instituti rahbariyati talabalarimizning ustozlari hamda ularni xalqaro olimpiadaga tayyorlagan mutaxassislar Behzod Qurbonboyev(Matematika instituti) va Farhod Haydarovlarga(O‘zMU) o‘z minnatdorchiligini bildiradi.