My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
Matematik olim va yoshlar uchrashuvi
March 11, 2022, 4:49 p.m.

Chilonzor tumani XTB tasarrufidagi 195-sonli IDUMda Fizika-matematika fanlari doktori, O‘zR FA V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi, O‘zMU “Algebra va sonlar nazariyasi kafedrasi” professori, “Shuhrat” medali sohibi, yosh matematik olim Abror Xudoyberdiyev bilan yoshlar o‘rtasida uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv davomida yoshlarning matematikaga qiziqishini oshirish, yoshlar o‘rtasida olimlikni targ‘ib qilish, chet tillarini o‘rganish haqida tushuntirdi va matematikani yaxshi bilish uchun birinchidan, muhabbat, ikkinchidan, qobiliyat va uchinchidan, mehnatsevarlik kerakligini aytdi. Bu uchalasini matematikning ma'naviy ustuni desa bo‘ladi. Maktab o‘quvchisida dastlabki ikkisi bo‘lsa yetarli, chunki qiziqishi va layoqati bor bolaga matematikani o‘rgatish qiyin bo‘lmaydi kabi motivatsiyalar berdi.