My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik liseyi o‘quvchilari bilan uchrashuv
April 22, 2022, 9:02 a.m.

2022 yilning 21 aprel kuni Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik liseyi o‘quvchilarining taniqli matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik, V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori va O‘zbekiston qahramoni Shavkat Abdullayevich Ayupov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Sh.A. Ayupov hozirgi kunda yurtimizda matematika ilm-faniga qaratilayotgan katta e’tibor, matematika fanining jamiyatimizdagi tutgan ahamiyati va diyorimiz matematik allomalarining fanga qo‘shgan yuksak hissalari haqida keng ma’lumotlar berdi. Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.