My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy munosabati asossiz!
Aug. 17, 2021, 8:24 a.m.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanali(edu.uz)da 2021 yil 15 avgust kuni "OAV va ijtimoiy tarmoqlarda 28-Xalqaro Matematika musobaqasi g‘oliblarini taqdirlash yuzasidan tarqalgan ma’lumotlar bo‘yicha rasmiy munosabat" (https://telegra.ph/OAV-va-ijtimoiy-tarmoqlarda-28-Xalqaro-Matematika-musobaqasi-goliblarini-taqdirlash-yuzasidan-tarqalgan-malumotlar-boyicha-rasmi-08-15)iga RESPUBLIKA MATEMATIKLAR HAMJAMIYATINING JAVOBI 2021 yilning 2–8 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan IMC-Xalqaro Matematika Olimpiadasida O‘zbekistonlik talabalarning ishtiroki va ularni rag‘batlantirish yuzasidan Respublika Matematiklar hamjamiyati quyidagi fikrlarni bildiradi: Matematika sohalari bo‘yicha tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni Xalqaro Olimpiadalarga tayyorlash va ularni xorijiy turli tanlovlarda ishtirokini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708 Qarori asosida yangi tizim yaratilmoqda. 2020 yildan boshlab, talabalarning xalqaro matematika olimpiadalarida munosib ishtirok etishi va iqtidorli talabalarni saralash maqsadida O‘zbekiston Milliy universiteti va V.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorlikda “Mathematical olympiads of Uzbekistan for University Students” onlayn loyihasi tashkil etildi. Loyihaga 2020 yilda Karim Rahimov (Italiyaning Piza unviyersiteti matematika bo‘yicha falsafa doktori (PhD, 2020)), 2021 yilda esa Behzod Qurbonboyev (Matematika instituti kichik ilmiy xodimi)lar rahbarlik qilib, jami ikki ming nafardan ortiq talabalar o‘rtasidan Respublika guruhlarini shakllantirilishi natijasida IMC-Xalqaro Matematika Olimpiadasida yuqori natijalar (2020 yilda 2 ta oltin medal, 5 ta kumush medal, 3 ta bronza medal va 4 ta faxriy yorliq, 2021 yilda 5 ta oltin medal, 6 ta kumush medal, 4 ta bronza medal va 2 ta faxriy yorliq)ga erishdi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy munosabatidagi: “Ijtimoiy tarmoqlarda “olimpiada” deb atalgan bu tadbir aslida fan musobaqasi bo‘lib, olimpiada maqomiga ega emas (International Mathematics Competition). Bu tadbirning veb-sayti o‘rganilganida, shunday xulosaga kelindiki, bu ko‘plab davlatlardan ishtirokchilarni jalb qilgan mahalliy tadbir. U lokal xarakterga ega bo‘lib, xalqaro ilmiy akademik doiralarda yuqori reytingga ega emas” degan fikrlarini O‘zbekiston Matematiklar Jamiyati, qolaversa Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Matematiklar Kengashi asossiz deb hisoblaydi. Vazirlikning yuqoridagi fikrlari asossiz ekanligini isbotlovchi dalillarni keltiramiz. (https://telegra.ph/Vazirlikning-yu%D2%9Boridagi-fikrlari-asossiz-ehkanligini-isbotlovchi-dalillar-08-17)