My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 46-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagiOliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 304-sonli Qaroriga muvofiq, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti 2022 yil uchun tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSs) bo‘yicha quyidagi ixtisosliklarga tanlov e’lon qilganini ma’lum qilamiz:

T/r

Ixtisoslik shifri va nomi

Ajratilgan o‘rinlar soni

Tayanch doktorantura

Doktorantura

 

1.       

01.01.01 - Matematik analiz

11+1*

1

 

2.       

01.01.02 - Differensial tenglamalar va matematik fizika

11

1

 

3.

01.01.03 - Hisoblash matematikasi va diskret matematika

4+3*

 

 

4.

01.01.05 - Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika

4

 

 

5.       

01.01.06 - Algebra

3

 

 

* maqsadli tayanch doktorantura

Hujjatlar 2021 yil 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.

 Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni (pdf shaklida) tayyorlab Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboradi hamda Institut ilmiy kotibiga taqdim etadilar:

1.     Ariza.

2.     Qisqacha biografik ma’lumot (ob’yektivka - namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbekcha va ruscha shaklda);

3.     Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

4.     Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxasislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi;

5.     Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);

6.     Pasport nusxasi;

7.     O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud bo‘lsa).

Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni (pdf shaklida) tayyorlab Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboradi hamda Institut ilmiy kotibiga taqdim etadilar:

1.     Ariza.

2.     Qisqacha biografik ma’lumot (ob’yektivka, namuna bo‘yicha 3.5 shakl, o‘zbekcha va ruscha shaklda);

3.     Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

4.     Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

5.     Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertasiyasi rejasining batafsil loyihasi;

6.     Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis);

7.     Pasport nusxasi;

8.     Ilmiy yutuqlari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi).

 Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun suhbat 1-25 noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Tayanch doktoranturaga o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik  va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (o‘rtacha balli kamida 5.5), TOEFL (PBT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (B2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihondan ozod etiladi.

 Batafsil ma’lumotlar  www.mathinst.uz  saytida mavjud.

Manzil: Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi, 9. V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti.

Murojaat uchun telefon: +99871-207-91-43.

Oct. 8, 2021, 12:48 a.m.