My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti vakillari bilan ilmiy-amaliy uchrashuv.
Jan. 29, 2022, 8:44 a.m.

2021 yilda V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti va A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari tamonidan imzolangan Memorandumga asosan har ikki tomon o‘qitishning zamonaviy innovasion shakl va usullarni tadbiq etishda, amaliy va innovasion tadqiqotlarni amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qilishi nazarda tutilgan edi. O‘zaro hamkorlik Memorandumi doirasida 2022 yil 22 yanvar kuni A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti vakillari bilan O‘zbekistonda xalq ta’limi tizimi statistik ko‘rsatkichlar va ma’lumotlarini sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari asosida joriy etish loyihasini ishlab chiqish, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha tizimga mos matematik metod va mezonlarni aniqlashtirishning nazariy asoslarini o‘rganish maqsadida ilmiy-amaliy uchrashuv tashkil etildi. Ilmiy-amaliy uchrashuv davomida A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim mudirlari A.Ibragimov, X.Botirov, I.Mexmonov, institut xodimlari D.Abdikulova, I.Murodov V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutidan direktor o‘rinbosari Gʻ.I.Botirov, bo‘lim katta ilmiy xodimi R.Davronovlar 2022 yilda olib boriladigan ishlar, rejalashtirilgan loyihalar va ularning istiqbollari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. O‘z navbatida Matematika instituti vakillari loyiha doirasida o‘zlari tavsiyalarini berdi. Kelajakda olib boriladigan hamkorlik ishlariga, tuziladigan loyihalarni amalga oshirishga doimo tayyorligini va qo‘llab-quvvatlashini bildirib o‘tishdi.