My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
“Evrika” mukofoti sovrindorlari.
Nov. 29, 2023, 3:54 a.m.

⏺2023 yilda Fanlar akademiyasining 80 yilligiga bag‘ishlab, birinchi marotaba 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan olimlarning ilmiy ishlarini baholash va ularning faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida 5 ta yo‘nalish bo‘yicha “Evrika” mukofoti uchun tanlov e’lon qilingan edi. 🗄 Joriy yilning 28 noyabr kuni ushbu tanlovning yakuniy taqdirlash marosimi Kinematografiya agentligining “Event Hall” binosida bo‘lib o‘tdi. Unda Matematika institutining yetakchi ilmiy xodimi Hakimov Otabek Norbo‘ta o‘g‘li “Raqamlar dunyoni boshqaradi (fizika, matematika, astronomiya)” yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib deb topildi va 1-darajali diplom, statuetka hamda o‘n million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, institutning tayanch doktoranti Yo‘ldosheva Nargiza 3-darajali diplom va planshet bilan taqdirlandi.