Konfrensiyalar

2023-yilning 18-22-sentabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida “Tarmoqlanuvchi jarayonlar va ularning tatbiqlari” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Mazkur konferensiyaning maqsadi tarmoqlanuvchi jarayonlar nazariyasi va ularning tatbiqlari bo’yicha tadqiqot olib borayotgan turli mamlakat olimlari, mutaxassislari va yosh olimlari o‘rtasida ilmiy aloqalarni mustahkamlash, bu borada yaqinda erishilgan muhim natijalarni muhokama qilish va bu boradagi vazifalarni belgilashdan iborat

Batafsil
2023-yil 10-11-oktabr kunlari (onlayn) “Stoxastik jarayonlar nazariyasining zamonaviy muammolari va ularning tatbiqlari” mavzusida qo‘shma O‘zbekiston-Ukraina xalqaro konferensiyasi bo’lib o’tadi.

Konferensiyaning maqsadi stoxastik tahlilning turli sohalari, stoxastik differensial tenglamalar nazariyasi va stoxastik jarayonlar uchun limit teoremalar bo'yicha erishilgan so’nggi natijalar bo’yicha fikr almashish va kelajakdagi ilmiy aloqalarni mustahkamlashdan iborat.

Batafsil
"Operator algebralari, noassotsiativ tuzilmalar va turdosh muammolar" nomli respublika ilmiy konferensiyasi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti va O‘zbekiston Milliy Universiteti hamkorligida 2️⃣0️⃣2️⃣2️⃣-yil 1️⃣4️⃣ - 1️⃣5️⃣ sentabr kunlari Toshkent shahrida (xorijiy olimlar ishtirokida) "Operator algebralari, noassotsiativ tuzilmalar va turdosh muammolar" nomli respublika ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi. Ilmiy konferensiyaning maqsadi operatorlar algebrasi va nokommutativ integrallash nazariyasining asosiy yo‘nalishlari hamda assotsiativ bo‘lmagan algebralarning strukturaviy nazariyasi rivojlanishining hozirgi holati va istiqbollarini, funksiyalar nazariyasi shuningdek, ularning matematik fizika, dinamik sistemalar nazariyasi va kvant ehtimollik nazariyasida qo‘llanishlarini muhokama qilishdan iborat.

Batafsil
"Operator algebralari, noassotsiativ tuzilmalar va turdosh muammolar" nomli respublika ilmiy konferensiyasi, Toshkent, 14 – 15 sentabr 2022 yil

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti va O‘zbekiston Milliy Universiteti hamkorligida 2022-yil 14-15 sentabr kunlari Toshkent shahrida (xorijiy olimlar ishtirokida). "Operator algebralari, noassotsiativ tuzilmalar va turdosh muammolar" nomli respublika ilmiy konferensiyasi o‘tkazilmoqda. Ilmiy konferensiyaning maqsadi operatorlar algebrasi va nokommutativ integrallash nazariyasining asosiy yo‘nalishlari hamda assotsiativ bo‘lmagan algebralarning strukturaviy nazariyasi rivojlanishining hozirgi holati va istiqbollarini, shuningdek, ularning matematik fizika, dinamik sistemalar nazariyasi va kvant ehtimollik nazariyasida qo‘llanishlarini muhokama qilishdan iborat.

Batafsil
VII Xalqaro ilmiy konferensiya "AMALIY MATEMATIKA VA INFORMASION TEXNOLOGIYALARNING DOLZARB MUAMMOLARI – AL-XORAZMIY 2021" Toshkent, Farg‘ona 15 – 17 noyabr 2021 yil

Mirzo Ulug‘bek nomli Uzbekiston Milliy universiteti. O‘zR FA Matematika instituti, Farg‘ona davlat universiteti. xalkaro muxandislar akademiyasi 2021 yil 15-17 noyabr kunlari «Amaliy matematika va informasion texnologiyalarning dolzarb muammolari -Al-Xorazmiy 2021» VII xalqaro ilmiy konferensiyasini o‘tkazadi. Anjuman mamlakatimizda fanning ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish, ilm-fan yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytnrish va yosh olimlarni sohaga jalb kilish hamda ularni sohaning yetuk mutaxassislari bilan aloqalarini yanada mustahkamlash borasida ahamiyatga egadir.

Batafsil