Xorazm bo‘linmasi

Laboratoriya mudiri

Kafedra mudiri

Atamuratov Alimardon Abdirimovich

Laboratoriya mudiri

📧 Email: alimardon01@mail.ru

📞 Telefon: +99890 559 03 60

🕔 Qabul kunlari:

🏢 Xona raqami: 224

📍 Manzil:

100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko'chasi, 9-uy

Batafsil

Laboratoriya haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 7-maydagi
PQ-4708-son Qaroriga asosan 2020 yil iyun oyida Urganch davlat universiteti huzurida ochilgan. Bo’linmaga  hududda matematika sohasida ta’lim sifatini oshirish va ilmiya tadqiqotlarni yanada rivojlantirish vazifalari yuklatilgan bo’llib, shu asosda bo‘linma Xorazm viloyatida oliy ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan maktablar va umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan hamkorlik qilib keladi.  Bo’linmaning asosiy vazifalari matematikaning eng ilg‘or yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish qilib belgilangan.

2020-2022 yillarda bo’linmaga fizika-matematika fanlari doktori Imomkulov Sevdiyor Akramovich rahbarlik qilgan. 2022 yildan bo‘linmani fizika-matematika fanlari doktori Atamuratov Alimardon Abdirimovich boshqarib kelmoqda.

2020-2025 yillarda Matematika Institutining Xorazm bo’linmasida f.-m.f.d., akademik A.Sadullayev faoliyat olib borib ko‘pgina zamonaviy ilmiy yo‘nalishlarda tadqiqotlarga rahbarlik qilgan. Jumladan Parabolik ko‘pxilliklarda (parabolik analitik sirtlarda) plyuripotensiallar nazariyasi tadbiqlari, m-qavariq funksiyalar sinfida potensiallar nazariyasi asoslari shular jumlasidandir. Bugungi kunda bo‘linmada f.-m.f.d. S.A. Imomkulov, f.-m.f.d. B.I.Abdullayev, f.-m.f.d. G.U.Urazbayev, f.-m.f.d. A.A.Atamuratov, PhD B.B.Yusupov, PhD R.A.Sharipov, PhD A.K.Babadjanova, N.Vaisova,  kichik ilmiy xodimlar Sh.E. Atanazarova  va O.B.Ismoilovlar ilmiy faoliyat olib borishmoqda

 

-

Laboratoriya xodimlari

Abdullayev Baxrom Ismailovich

Professor, bosh ilmiy xodim Batafsil →

Atamuratov Alimardon Abdirimovich

Matematika institutining Xorazm bo’linmasi rahbari Batafsil →

Atanazarova Shoira Erkinovna

Kichik ilmiy xodim Batafsil →

Babadjanova Aygul Kamildjanovna

Katta ilmiy xodim Batafsil →

Imomkulov Sevdiyor Akramovich

Bosh ilmiy xodim Batafsil →

Ismoilov Oxunjon Bahram o‘g‘li

Kichik ilmiy xodim Batafsil →

Sharipov Rasulbek Axmedovich

Dotsent, yetakchi ilmiy xodim Batafsil →

Urazboyev Gayrat Urazaliyevich

Dotsent, yetakchi ilmiy xodim Batafsil →

Vaisova Nafosat Zokirjonovna

Katta ilmiy xodim Batafsil →

Yusupov Baxtiyor Baxrambek o‘g‘li

Katta ilmiy xodim Batafsil →

Ilmiy faoliyat

 Hozirgi kunda “Xorazm bo‘linmasi”da quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda:

  • Analitik funksiyalarni davom ettirish. Analitik funksiyalarni tayinlangan yo’nalish bo’yicha va maxsusliklar bilan davom ettirish. Haqiqiy analitik funksiyalarni davom ettitrish, separat-golomof va separat haqiqiy analitik funksiyalar analitik davomi, separat (sub) harmonik funksiyalar o‘rganiladi.
  • Parabolik ko’pxillliklarda va parabolik analitik sirtlarda analitik funksiyalar nazariyasi. Golomorf funksiyalarni polinomlar bilan yaqinlashtirishlar, parabolik ko’pxilliklarni qatlamlanishi va kompleks fazolarga joylashtirilishi, algebraiklik kriteriyalari o‘rganiladi.
  • m-qavariq funksiyalar nazariyasi. m-qavariq funksiyalarning potensial xossalari, m-qavariq funksiyalar sinfida potensiallar nazriyasi asoslari ishlab chiqliladi. Dirixle masalalari, ekstremal funksiyalar, Gessian o’lchovlar o’rganiladi.
  • Noassotsiativ algebralar. Noassosiativ algebralar yo‘nalishi algebra nazariyasining eng faol rivojlanayotgan sohalaridan biri bo‘lib, bu yo‘nalishda Li, Leybnits, Yordan, alternativ, Puasson va yana bir qator algebralarning strukturaviy xossalari, klassifikatsiyasi va differensiallashlar nazariyasi o‘rganiladi. Ushbu yo‘nalishning maqsadi - noassosiativ algebralarning yangi sinflarini aniqlash, ulardagi turli xil chiziqli akslantirishlarni tavsiflash, deformatsiyalarini aniqlash va kogomologik gruppalarini tasniflashdan iborat. Bundan tashqari, noassosiativ algebralar geometriya  va dinamik tizimlar bilan bog‘lab ham o'rganiladi. Tadqiqot natijalari algebra, geometriya va matematik fizika sohalarida yangi nazariy modellarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
  • Nochiziqli evolyutsion tenglamalar. Nochiziqli evolyutsion tenglamalar sohasi zamonaviy matematik fizikaning faol rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biridir. Bu soha turli tabiatga ega bo‘lgan nochiziqli tizimlarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishini ifodalovchi differensial tenglamalarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Bunda yechimlarning mavjudligi, yagonaligi va barqarorligi masalalarini, shuningdek, soliton kabi maxsus tuzilmalarining paydo bo‘lishi hamda ularning uzoq muddatli tabiatini tahlil qilish muhim hisoblanadi. Shuningdek, integrallanuvchi tenglamalar alohida ahamiyat kasb etib, ularni o‘rganishda sochilish nazariyasining teskari masalalari usuli va spektral masalalar keng qo‘llaniladi. Ushbu sohada olingan natijalar fizika, gidrodinamika, optika, plazma nazariyasi va faning boshqa ko‘plab bo‘limlarida keng qo‘llanilmoqda.

Xalqaro hamkorlik

Bo‘linma ko‘plab institut va universitetlar bilan faol ilmiy hamkorlik qiladi, jumladan:

- California davlat univesiteti (Fullerton, AQSh);

- Wuppertal universiteti (Germaniya)

-Tuluza universiteti (Fransiya)

-Sibir Federal universiteti (Rossiya federatsiyasi)

-Santiago de Compostela universiteti  (Ispaniya)

-Keele universiteti (Angliya)

-Bayroute universiteti (Germaniya)

-Bonn universiteti (Germaniya)

-Saratov universiteti (Rossiya federatsiyasi)

 

Seminarlar

Differensial operatorlar uchun to’g’ri va teskari masalalar va ularning tadbiqlari (ilmiy seminar)

Seminar manzili: Oflayn

Har haftaning seshanba kuni soat 10:30 da V.I.Romanovsky nomidagi Matematika instituti Xorazm bo‘limi 222-xonada

Seminar rahbari: prof.B.Babajanov, seminar kotibi: A. Iskandarov

Kompleks potensiallar nazariyasi va uning tadbiqlari (ilmiy seminar)

Seminar manzili: Oflayn

Har haftaning juma kuni soat 15:30 da V.I.Romanovsky nomidagi Matematika instituti Xorazm bo‘limi 222-xonada

Seminar rahbarlari: f.-m.f.d., prof.B.Abdullayev va f.-m.f.d. A.Atamuratov, seminar kotibi: PhD. R.Sharipov