Differentsial tenglamalar va ularning tatbiqlari ilmiy laboratoriyasi

Laboratoriya mudiri

Kafedra mudiri

ASHUROV RAVSHAN RADJABOVICH

Laboratoriya mudiri

📧 Email: ashurov@gmail.com

📞 Telefon: +998903470011

🕔 Qabul kunlari:

🏢 Xona raqami: 216

📍 Manzil:

100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko'chasi, 9-uy

Batafsil

Laboratoriya haqida

Ilmiy laboratoriya dastlab "Differensial tenglamalar" bo'limi deb nomlangan. 1964-1966-yillarda, 1974-2004-yillarda "Differensial tenglamalar" bo'limiga akademik M.S. Salohiddinov rahbarlik qilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi "Matematika ta'limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4387-sonli qarori asosida "Differensial tenglamalar" bo'limi "Differensial tenglamalar va ularning tatbiqlari" laboratoriyasiga o'zgartirildi.

Hozirgi vaqtda ilmiy laboratoriyaga fizika-matematika fanlari doktori, professor R.R. Ashurov rahbarlik qilmoqda. Shuningdek, mazkur ilmiy laboratoriyada bosh ilmiy xodimlar akademik Sh.A. Alimov, S.R. Umarov, A. Xasanov, S.Z. Jamolov, M.X. Ruziev, B.J. Qodirqulov, Yu.E. Fayziev, yetakchi ilmiy xodim Z.A. Sobirov, katta ilmiy xodim O.T. Muhiddinova va kichik ilmiy xodim X.T. Dehqonov ilmiy faoliyat yuritmoqdalar.

1985-yilda akademik Sh.A. Alimov Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo'ldi. 2019-yilda esa, fan va ta'limdagi yutuqlari uchun "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofatlandi.

2022-yilda R.R. Ashurov "Springer Nature Top Author" xalqaro mukofotiga sazovor bo'ldi.

2023-yilda Turkiy matematiklar jamiyati kengashi tomonidan matematikani rivojlantirishga qo'shgan alohida hissasi uchun Turkiy dunyo matematik jamiyati medali bilan taqdirlandi.

2025-yilda R.R. Ashurov Stenford/Elsevier Top 2% olimlar ro'yxatiga qo'shildi.

 

Laboratoriya xodimlari

ALIMOV SHAVKAT ARIFJONOVICH

Akademik Batafsil →

ASHUROV RAVSHAN RADJABOVICH

Differensial tenglamalar va ularning tatbiqlari laboratoriyasi mudiri Batafsil →

DJAMALOV SIROJIDDIN ZUXRIDDINOVICH

Professor, bosh ilmiy xodim Batafsil →

FAYZIYEV YUSUF ERGASHEVICH

Bosh ilmiy xodim Batafsil →

MUHIDDINOVA OQILA TO‘LQIN QIZI

Katta ilmiy xodim Batafsil →

QODIRQULOV BAXTIYOR JALILOVICH

Bosh ilmiy xodim Batafsil →

RUZIEV MENGLIBAY XOLTOJIBAYEVICH

Bosh ilmiy xodim Batafsil →

UMAROV SOBIR RAXIMBERDIYEVICH

Professor, bosh ilmiy xodim Batafsil →

XASANOV ANVARJON

Professor, bosh ilmiy xodim Batafsil →

Ilmiy faoliyat

Hozirgi kunda “Differensial tenglamalar va ularning tatbiqlari” laboratoriyasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda:

  • Kasr tartibli differensial tenglamalar uchun to‘g‘ri va teskari masalalar va ularning tadbiqi. Kasr tartibli differensial tenglamalar (KTDT) klassik differensial tenglamalarning umumlashmasi bo‘lib, ular tizimlarning xotiraga ega jarayonlarini, anomal diffuziya va murakkab fizik, biologik hamda iqtisodiy hodisalarni modellashtirishda keng qo‘llaniladi. Ilmiy faoliyatning ushbu yo‘nalishi KTDT uchun to‘g‘ri masalalar (berilgan boshlang‘ich va chegara shartlar asosida yechimni topish) hamda teskari masalalar (eksperimental yoki kuzatuv ma’lumotlari asosida noma’lum parametrlarni yoki kasr tartiblarini aniqlash)ni o‘rganishga qaratilgan.
  • Ikkinchi va yuqori tartibli xususiy hosilali tenglamalar uchun boshlangich - chegaraviy masalalar. Tadqiqotlarning asosiy maqsadi — tenglamalar yechimining mavjudligi, yagonaligi va barqarorligini isbotlash, shuningdek, ularni topish uchun analitik va sonli usullarni ishlab chiqishdir. Bunday masalalar issiqlik o‘tkazish, tebranish, diffuziya, elastiklik nazariyasi, akustika, elektrodinamika va suyuqliklar harakati kabi jarayonlarni modellashtirishda keng qo‘llaniladi.
  • Metrik graflarda kasr tartibi turlicha bo‘lgan subdiffuziya tenglamalari uchun teskari masalalar. Bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar metrik graflarda aniqlangan va turli qirralarda (edge) kasr tartibi farq qiluvchi subdiffuziya tenglamalari uchun teskari masalalarni o‘rganishga qaratilgan. Bunday modellar tarmoqli tizimlarda — masalan, neyron tarmoqlari, qon aylanish tizimi, transport yoki kommunikatsiya tarmoqlarida moddalarning, energiya yoki axborotning tarqalish jarayonlarini ifodalash uchun muhim ahamiyatga ega.
  • Tadqiqot natijalarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha izlarishlar olib borish.

 

 

 

 

Xalqaro hamkorlik

Laboratoriya ko‘plab ilmiy markazlar bilan ilmiy hamkorlik qiladi, jumladan:

1.  Moskva Davlat Universiteti.

2. Institute of Mathematics and Mathematical Modeling of the Academy of Sciences of the Republic of Kazakhstan

3. Rossiya Fanlar Akademiyasi Kabardino-Balkar ilmiy markazi Amaliy matematika va avtomatika instituti.

4. Novosibirsk davlat universiteti

5. The Vanderbilt university (USA)

6. New Haven university (USA)

7.  Tufts University, Medford, MA;

8. Oulu University (Finland)

9.  Белгородского государственного национального исследовательского университета НИУ БелГУ.

10. Ghent University (Belgium)

11. University of California, Merced, CA;

12. Fordham University, New York, NY;

13. CBPF, Rio de Janeiro, Brazil;

14. Free University, Berlin, Germany;

15. Berliner Hochschule fur Technik, Berlin, Germany;

16. University of Bologna, Bologna, Italy

17. Freiberg texnika universiteti (Germaniya)

18. Malaysiya Xalqaro Islom universiteti (Malaziya)

19. Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk universiteti (Qozog’iston)

 

Seminarlar

M.S. Salohiddinov va T.D. Jo‘rayev nomidagi differensial tenglamalar va matematik fizika bo‘yicha Respublika ilmiy-tadqiqot seminari

Seminar manzili: ZOOM ID-88273567781

Har chorshanba kuni soat 10:30 da V.I.Romanovsky nomidagi Matematika instituti 104-xonada

Seminar rahbarlari: Prof. R.R. Ashurov, J.O. Taxirov, A. Xasanov, seminar kotibi: R.T. Zunnunov

“Matematik fizikaning zamonaviy muammolari” nomli Xalqaro ilmiy-tadqiqot seminari

Seminar manzili: ZOOM ID- 88273567781

Har chorshanba kuni soat 16:00 da V.I.Romanovsky nomidagi Matematika instituti 104-xonada

Seminar rahbarlari: akademik Sh.A. Alimov, Prof. R.R. Ashurov, Prof A.V. Psxu, seminar kotibi: R.T. Zunnunov