Chiziqsiz tizimlarni matematik modellashtrish ilmiy laboratoriyasi
Laboratoriya mudiri
Taxirov Jozil Ostanovich
Laboratoriya mudiri
📧 Email: prof.takhirov@yahoo.com
📞 Telefon: +99891 5270716
🕔 Qabul kunlari:
🏢 Xona raqami: 306
📍 Manzil:
100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko'chasi, 9-uy
BatafsilLaboratoriya haqida
“Chiziqsiz tizimlarni matematik modellashtirish” laboratoriyasi 1982 yili akademik T.J.Jo‘rayev tomonidan O‘zR FA Mexanika va inshootlar mustahkamligi institutida “Mexanikaning matematik muammolari“ nomi bilan tashkil etilgan. Laboratoriya 1985 yildan boshlab “Matematik fizikaning noklassik tenglamalari” nomi bilan O‘zR FA Matematika institutida faoliyat yurita boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019-yil 9-iyuldagi “Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PK-4387-sonli qaroriga asosan “Matematik fizikaning noklassik tenglamalari” bo‘limi “Chiziqsiz tizimlarni matematik modellashtirish” laboratoriyasiga o‘zgartirildi.
Hozirgi kunda “Chiziqsiz tizimlarni matematik modellashtirish” laboratoriyasiga f.-m.f.d., professor J.O.Taxirov rahbarlik qilmoqda. Shuningdek, mazkur laboratoriyada t.f.d., yetakchi ilmiy xodim A.A.Saidov, f.-m.f.d., yetakchi ilmiy xodim D.B.Eshmamatova, f.-m.f.d., katta ilmiy xodim R.T.Zunnunov, PhD katta ilmiy xodim M.S.Rasulov, PhD katta ilmiy xodim M.Boboraximova, PhD katta ilmiy xodim M.A.Tadjiyeva, kichik ilmiy xodim B.B.Anvarjonovlar ilmiy faoliyat olib borishmoqda.
Laboratoriya xodimlari
Taxirov Jozil Ostanovich
Chiziqsiz tizimlarni matematik modellashtirish laboratoriyasi mudiri Batafsil →
Ilmiy faoliyat
Hozirgi kunda “Chiziqsiz tizimlarni matematik modellashtirish” laboratoriyasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda:
- Mediko-biologik va ekologik jarayonlarni matematik modellashtirish va ularni tadqiq etish
- Fizik jarayonlarni matematik modellashtirish va ularni tadqiq etish
- Tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha izlarishlar olib borish
Xalqaro hamkorlik
Laboratoriya ko‘plab ilmiy markazlar bilan ilmiy hamkorlik qiladi, jumladan:
1. Moskva fizika texnika instituti;
2.Newfounland Memorial universiteti, Atrof muhit va fan maktabi (Kanada);
3.Janubiy Federal Universitet (Rostov-Don).
Seminarlar
“Matematika, fizika va informatikaning zamonaviy muammolari” nomli xalqaro ilmiy-tadqiqot seminari
Seminar manzili: https://telemost.yandex.ru/j/9074163425
Har oyda bir marta o‘tkaziladi:ohirgi juma kuni soat 14:00 da (seminar vaqtlari e’lon qilinadi)
Seminar rahbarlari: dotsent Ravilov Sh.M., f.m.f.d. Zunnunov R.T., f.m.f.d. Mamchuev M.O., f.m.f.d. Parovik R.I. Seminar kotibi: к.ф.-м.н., Твёрдый Дмитрий Александрович
Hisoblash matematikasi va matematik modellashtirishning zamonaviy muammolari (ilmiy seminar)
Seminar manzili: ZOOM ID- 83869938834
Har juma kuni soat 10:30 da
Seminar rahbari: J.O.Taxirov, f.- m.f.d., professor, laboratoriya mudiri.
OʻzR FA Matematika instituti qoshidagi M.S.Salaxitdinov va T.D.Jurayev nomli differensial tenglamalar va matematik fizika boʻyicha respublika ilmiy-tadqiqot seminari
Seminar manzili: Oflayn
Har chorshanba kuni soat 10:30 da V.I.Romanovsky nomidagi Matematika instituti 104-xonada
Seminar rahbarlari: prof. R.R.Ashurov, prof. J.O.Taxirov, prof. A.Hasanov. Seminar kotibi: R.T.Zunnunov