Stoxastik analiz ilmiy laboratoriyasi
Laboratoriya mudiri
G‘anixo‘jayev Nosir Nabiyevich
Laboratoriya mudiri
📧 Email: nasirgani@yandex.ru
📞 Telefon: +99897 3946419
🕔 Qabul kunlari:
🏢 Xona raqami: 217
📍 Manzil:
100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko'chasi, 9-uy
BatafsilLaboratoriya haqida
1943-yili Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasining Matematika instituti tashkil etilib, uning qoshida matematik statistika va ehtimollar nazariyasi boʼlimi (boʼlim mudiri V.I.Romanovskiy) ochildi.
Laboratoriya xodimlari kuyidagi anjumanlarni tashkil qilishda faol ishtirok etishgan:
--1948-yili Matematik statistika boʼyicha ikkinchi Butun ittifoq konferentsiyasi oʼtkazildi. Unda taniqli olimlar А.N.Kolmogorov, V.V.Gnedenko va boshqalar qatnashdi.
--1962-yili V.А.Steklov nomidagi Matematika instituti (MI) (Moskva) va Toshkent Davlat universiteti (ToshDU) (hozirgi OʼzMU) bilan hamkorlikda “Ehtimolliklar nazariyasining limit teoremalari” boʼyicha birinchi Fargʼona kollokviumi oʼtqazildi (17-23 sentyabr Fargʼona shahri).
--1967-yili Moskva Davlat universiteti va V.А.Steklov nomidagi Matematika instituti (Moskva) ishtirokida “Mahsulotlarni sifatini va ishonchliligini nazorat qilishning matematik usullari” mavzusi boʼyicha kollokvium oʼtqazildi.
--1971-yili MI va ToshDU bilan birgalikda Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistikaning maxsus masalalariga bagʼishlangan kollekvium tashkil etildi.
--1972-yili MI va ToshDU bilan birgalikda II-Fargʼona kollokviumini tashkil etildi.
--1975-yili MI Yaponiya bilan birgalikda ehtimolliklar nazariyasi boʼyicha III – Xalqaro simpozium oʼtkazildi (Toshkent, 26 avgust).
--1980-yili Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika boʼyicha Respublika konferentsiyasi tashkil qilindi.
--1983-yili MI va ToshDU bilan xamkorlikda “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” dan III – Fargʼona konferensiyasi oʼtkazildi.
--1986-yili Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika boʼyicha Bernulli nomidagi Xalqaro jamiyatning I – Butunjaxon Kongressi oʼtkazildi.
--2000-yili akademik S.X.Sirojiddinovni tugʼilganining 80 yilligiga bagʼishlangan “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning zamonaviy masalalari” nomli koferentsiya oʼtqazildi.
1944-2021 yillar orasida Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika boʼlimida akademiklar V.I.Romanovskiy, T.А.Sarimsoqov, S.H.Sirojiddinov, T.А.Аzlarov, Sh.Q.Farmonov, professorlar S.V.Nagaev, M.K.Kamolov, M.I.Eydelnat, T.L.Malevich, V.G.Vinokurov, А.V.Nagaev, B.Аbdalimov, I.S.Badalbaev, I.Raximov, А.Starsev, Sh.Xoshimov, M.U.Gafurov, Sh. Miraxmedov, O. Sharipov va boshqa taniqli olimlar ishlagan. Institutning birinchi aspiranti sifatida V.I.Romanovskiyning oʼquvchisi S.X.Sirojiddinov boʼlgan. Keyinchalik u koʼp yillar (1970-1983) Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti boʼlib ishladi. U Oʼzbekistonda matematikaning rivojlanishiga juda katta xissa qoʼshgan.
Boʼlim xodimlari tomonidan nashr etilgan adabiyotlar:
- В.И.Романовский. Применение математической статистики в опытном деле. М. Л; Гостехиздат. 1947г.
- В.И.Романовский. Основные задачи теории ошибок. М.Л. Гостехиздат. 1947г.
- В.И.Романовский. Дискретные цепы Маркова. М.Л. Гостехиздат. 1949г.
- Т.А.Саримсаков. Основы процессов Маркова. 1954г.
- С.Х.Сирождинов. Предельные теоремы для однородных цепей Маркова. 1953г.
- М.К.Камолов. Распределение квадратичных форм в выборке из нормальных совокупности. 1958г.
- С.Х.Сирождинов, Ш.К.Форманов. Предельные теоремы для сумм случайных векторов, связанных в цепи Маркова. 1979г.
- С.Х.Сирождинов, М.У.Гафуров. Метод рядов в граничных задачах для случайных блужданий. 1987г.
- Т.А.Азларов, Н.А.Володин. Характеризационные задачи, связанные с показательным распределением. 1982 г.
- И.С.Бадалбаев, И.Рахимов. Неоднородные патоки ветвящихся процессов. Тошкент. Фан. 1993г.
- С.Х.Сирожиддинов, Т.А.Азларов, Т.М.Зупаров. Аддитивные задачи с растушим числом слагаемых. 1975 г.
- И.С.Бадалбаев, А.Мухитдинов. Статистические задачи многотипных ветвящихся процессов. Тошкент. Фан. 1990г.
- Sh.Q. Formanov, R.M. Тurgunbayev, L.D. Sharipova, N.Т. Parpiyeva. Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika, “Tafakkur-Bo’stoni”, Darslik, 2012. 201 bet.
- Sh.Q. Formanov. Ehtimolliklar nazariyasi. Toshkent. Universitet. 2014.
- Farrukh Mukhamedov, Nasir Ganikhodjaev. Quantum Quadratic Operators and Processes., Lecture Notes in Mathematics. Springer Cham, XIV, 231. 2015.
- Шорахметов Ш., Мухитдинов Т., Косимов Х., Саьдуллаев Д., Эхтимоллар Назарияси ва математик статистикадан масалалар туплами. Тошкент – «Иктисодиёт», 2012.
- Шорахметов Ш. Асракулова Д. Курбонов О. Олий Математикадан иктисодчилар учун масалалар тўплами. Тошкент – «Иктисодиёт», 2012.
- Sh.Q. Formanov. Aktuar matematika. – T.: Fan va texnologiya, 2019, 424 b.
- M.Т.Бакоев, Г.М.Раимова, О.С. Ахмедов. Тизимли тахлил ва бошқарув қарорлари қабул қилиш, Дарслик. Тошкент. «Турон-Матбаа», МЧЖ босмахонаси. , 2020 йил.458 бет. ISBN 978-9943-14-674-7.
- Raimova G.M., Baqoev M.T., Sharipov S.O. Еkonometrik terminlarning o’zbekcha – inglizcha – ruscha izohli lug’ati (vaqt qatorlari). Тoshkent, «Турон-Матбаа», МЧЖ босмахонаси, 2020 йил. 95 бет. ISBN 978-9943-340-70-1.
- Sharaxmetov Sh., Kurbanov O. Iqtisodchilar uchun matematika. Darslik. 410 bet. “Falsafa” nashriyoti, 2018 yil.
- Muxamedov А.K., Sharipov O.Sh. Sugʼurta matematikasi. Oʼquv qoʼllanma.-Toshkent: “Maʼrifat”, 2023, 196 b.
- V.А.Vatutin, Yo.M.Xusanboev. Tarmoqlanuvchi jarayonlar va ularning tatbiqlari. Oʼquv qoʼllanma. Toshkent. 2023. 168 b.
- Г.М. Раимова. Вероятностные модели для решения краевых задач для уравнений эллиптического и параболического типов и их приложения. Монография. Типография УМЭД, 2021. 269 стр. ISBN: 978-9943-340-87-9.
- М.Т.Бакоев, Ш.Умарова. Moodle электрон таълим тизимида офлайн тест синовларни ташкил этиш. Ўқув қўлланма. Тошкент, 2022.
- G.М.Raimova, U.Dalaboev. Optimal qarorlar qabul qilish usullari. Chiziqli dasturlash. Darslik. 238 b.
- М.U.Gafurov, Y.M.Xusanboev, M.M.Toshmatova. Ehtimollikkar nazariyasi va matematik statistika. Darslik. 2023, 216 b.
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika boʼlimini 1949 yilgacha V.I.Romanovskiy, 1953-1954 yillar S.X.Sirojiddinov, 1949-1953, 1954-1960 yillar M.I.Eydelnant, 1960-1967 yillar R.X.Diveev, 1967-1972 yillar V.G.Vinokurov, 1972-1976 yillar T.А.Аzlarov, 2001-2019 yillar Sh.Q.Farmonov boshqarishgan. 1976 yili Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika boʼlimi asosida Ehtimollar nazariyasi (boʼlim mudiri Sh.Q.Formanov) va matematik statistika (boʼlim mudiri T.А.Аzlarov) boʼlimlari tashkil qilindi. Ehtimolliklar nazariyasi boʼlimini 1976-1990 yillar Sh.Q.Formanov, 1991-1995 yillar I.S.Badalbaev, 1995-2001 yillar Sh.Q.Formanov, matematik statistika boʼlimini 1976-1980 yillar T.А.Аzlarov, 1980-1983 yillar S.X.Sirojiddinov, 1983-1988 yillar M.U.Gafurov, 1988-1994 yillar А.V.Nagaev, 1994-2001 yillar Sh.Xashimov boshqargan. 2020 yili boʼlimga “Stoxastik analiz” nomi berildi. 2019-2023 yillar mobaynida prof. Y.M. Xusanboyev laboratoriya mudiri bo’lgan. Bugungi kunda (2023 yildan) laboratoriyani prof. N.N.G’anixo’jaev boshqarib kelmoqda.
1971 yili institutning Ehtimolliklar nazariyasi boʼlimi va Statistika laborotoriyalari birlashtirilib, “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” boʼlimi tashkil etildi (boʼlim mudiri T.А.Аzlarov).
Boʼlim hodimlari tomonidan olingan davlat mukofotlari:
--1973 yili S.X.Sirojiddinov, T.А.Аzlarov, Sh.K.Formanov va M.M.Mamatovlar “Ehtimollar nazariyasining limit teoremalari va ularni tatbiqlari” yoʼnalishdagi izlanishlari uchun Beruniy nomidagi Oʼzbekiston Davlat mukofotiga sazavor boʼlishdi.
--1977 yili yosh ehtimolchilar M.U. Gafurov, Sh.А.Miraxmedov, Sh.А.Xoshimov va Sh.А.Ismatullaevlarga yosh olimlar uchun fan va texnika yoʼnalishida Oʼzbekiston mukofoti berildi.
Laboratoriya xodimlari
Ilmiy faoliyat
Laboratoriya hodimlari quyidagi yo’nalishlarda ilmiy izlanishlar olib boradi:
-- Tasodifiy yig’indilar uchun markaziy limit teoremaning klassik va noklassik variantlari;
-- Tasodifiy miqdorlar va vektorlar ketma ketliklari uchun limit teoremelar;
-- Tayyor mahsulotni statistik qabul nazoratining matematik usullari;
-- Ehtimollik nazariyasining diskret masallari;
-- Ehtimolliklar nazariyasining chegaraviy masalalari;
--Statistik alomatlarning asimptotik effektivligi nazariyasi;
-- Spacings-statistikalar, ularni qo’llanishishlari;
-- Chekli va cheksiz o’lchamli fazolarda qiymat qabul qiluvchi kuchsiz bog’langan tasodifiy miqdorlar uchun limit teoremalar va ularning tatbiqlari: markaziy limit teorema, takroriy logarifm qonuni, kuchaytirilgan katta sonlar qonuni, bir ehtimollik invariantlik prinsipi;
-- Tasodifiy maydonlar: Chekli va cheksiz o’lchamli fazolarda qiymat qabul qiluvchi kuchsiz bog’langan tasodifiy maydonlar uchun limit teoremalar, tasodifiy maydonlar uchun kuchsiz bog’liqlik shartlari;
-- U-statistikalar nazariyasi: bog’liqsiz va bog’liq kuzatuvlardan tashkil topgan U-statistikalar uchun limit teoremalar;
-- Avtoregression jarayonlar: avtoregression jarayonlarning parametrlarini baholash, innovatsiyasi kuchsiz bog’langan avtoregression jarayonlar, Banax fazolarida avtoregression jarayonlar;
-- Butstrep: kuchsiz bog’langan kuzatuvlarning U-statistikasi uchun butstrep;
-- Vaqt qatorlarini modellashtirish;
-- Funksional kuzatuvlar tahlili;
-- Moment va ehtimollik tengsizliklari;
-- Berilgan marginal taqsimotga ega bo’lgan tasodifiy vektorning taqsimot funksiyasini (kopula funksiyasini) qurish;
-- Shartli bog’liqsiz tasodifiy miqdorlar yig’indisining asimptotikasi;
-- Immigratsiyali tarmoqlanuvchi tasodifiy jarayonlar uchun funksional limit teoremalar;
-- O’zgaruvchan muhitdagi tarmoqlanuvchi tasodifiy jarayonlar tahlili;
-- Monte-Karlo metodi va uning tadbiqlari, tavakkalchilik sharoitida qaror qabul qilishning matematik modellari;
-- Statistik Fizikani panjaraviy modellari uchun limit Gibbs o’lchovlar nazariyasi;
-- Chiziqli bo’lmagan dinamik sistemalar va ularning tadbiqlari;
-- Kvadratik stohastik operatorlar va jarayonlar;
-- Ekstremal tartiblangan statistikalarning asimptotik nazariyasi;
-- Qavariq qoplamalar funksionallari uchun limit teoremalar;
-- Nuqtaviy jarayonlar nazariyasi.
Xalqaro hamkorlik
Laboratoriya ko‘plab institut va universitetlar bilan faol ilmiy hamkorlik qiladi, jumladan:
- V.A. Steklov nomidagi Matematika instituti (Moskva, Rossiya);
- V.A. Steklov nomidagi Matematika institutining Sankt Peterburg bo’limi;
- S.L. Sobolev nomidagi Matematika instituti (Novosibirsk, Rossiya);
- M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti (Moskva, Rossiya);
- Boxum universiteti (Boxum, Germaniya)
- San Diego universiteti (Kaliforniya, AQSH);
- Taras Shevchenko nomidagi Kiev Milliy Universiteti (Kiev, Ukraina);
- Kopengagen Universiteti (Kopengagen, Daniya);
- Department of Statistics, USBE, Umeå University, Umeå, Sweden;
- Department of Statistics and Applied Probability, University of California, Santa Barbara, USA;
- London Imperial Kolleji (London, Angliya);
- Stenford universiteti (Kaliforniya, AQSH);
- Putra universiteti (Kuala-Lumpur, Malayziya);
- Magdeburg universiteti (Magdeburg, Germaniya);
- Universitetiy of Debrecen (Debrecen, Vengriya);
- Ukraina Fanlar Akademiyasining Matematika instituti (Kiev, Ukraina).
Seminarlar
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning zamonaviy va dolzarb masalalari (ilmiy seminar)
Seminar manzili: ZOOM ID- 9068141469
Har chorshanba kuni soat 10:00 da V.I.Romanovsky nomidagi Matematika instituti 105-xonada
Seminar rahbari: Prof. Y.M.Xusanboyev, seminar kotibi: S.O.Sharipov