Matematik ta'limi bo'yicha o'quv uslubiy materiallarni muvofiqlashtrish ilmiy laboratoriyasi
Laboratoriya mudiri
Boytillayev Dilmurod Ahmataliyevich
Laboratoriya mudiri
📧 Email: dilmurod.boytillayev@gmail.com
📞 Telefon: +998 93 593 98 59
🕔 Qabul kunlari:
🏢 Xona raqami: 214
📍 Manzil:
100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko'chasi, 9-uy
BatafsilLaboratoriya haqida
Matematika ta’limi bo’yicha o’quv-uslubiy materiallarni muvofiqlashtirish laboratoriyasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4708-son qarorining 10-bandiga binoan tashkil etilgan. Matematika ta’limi, ta’limga oid dasturlar, darsliklar va boshqa turdagi materiallarni ekspertizadan o’tkazadigan laboratoriya Institut tarixida birinchi marta tashkil etildi.
O’tgan davr mobaynida laboratoriya matematika ta’limidagi ustuvor yo’nalishlar bo’yicha keng qamrovli faoliyat olib bormoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligi hamda Fan olimpiadalari markazi bilan birgalikda Respublikamizda matematika ta’limini rivojlantirish bo’yicha bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Laboratoriya quyidagi ustuvor yo’nalishlar bo’yicha faoliyat olib bormoqda:
maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda o’qitiladigan matematika fani dasturlari, darsliklari hamda o’quv-uslubiy qo’llanmalarni ekspertizadan o’tkazish;
oliy va o’rta maxsus ta’lim muasassalarining matematika fanlari o’quv dasturlari hamda o’quv adabiyotlari (darslik, o’quv qo’llanma va uslubiy qo’llanmalar)ni ekspertizadan o’tkazish;
matematika o’qitish metodikasi bo’yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokamadan o’tkazish;
matematika fan olimpiadalariga o’quvchilarni tayyorlash, o’quv materiallar ishlab chiqish;
o’quv-uslubiy va interaktiv materaillar ishlab chiqish
Hozirgi vaqtda laboratoriyaga fizika-matematika fanlari nomzodi D.A. Boytillayev rahbarlik qilmoqda. Shuningdek, yetakchi ilmiy xodimlar M.M. Barakayev, A.A. Akmalovar, katta ilmiy xodimlar G‘.I.Botirov, O.I. Egamberdiyevlar va kichik ilmiy xodimlar A.F. Norjigitov, Z.T. Tug‘yonovlar faoliyat yuritmoqda.
Laboratoriya xodimlari muallifligida o’ndan ortiq darslik va o’quv qo’llanmalar nashr etildi.
Sh.A.Ayupov 1996-yilda “Shuhrat” medali, 2003-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2011-yilda “O’zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni taqdirlangan.
G‘.I.Botirov 2021-yilda “O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi.
D.A.Boytillayev 2024-yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.”
-
Laboratoriya xodimlari
Boytillayev Dilmurod Ahmataliyevich
Matematika ta’limi bo’yicha o’quv-uslubiy materiallarni muvofiqlashtirish laboratoriyasi mudiri Batafsil →
Ilmiy faoliyat
Hozirgi kunda laboratoriyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib borilmoqda:
- Barcha ta’lim bosqichlarida matematika fanini o‘qitish bilan bog‘liq muammolarni tizimli tahlili qilish hamda ular orasidagi uzviylik va uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli boshqarma va markazlari bilan birgalikda matematika ta’lim sohasi bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlar va o‘quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqish, muhokama qilish va ularni joriy qilishda ishtirok etish;
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha zamonaviy o‘quv didaktik, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, didaktik o‘yinlar, elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish jarayonlarida ishtirok etish;
- Umumta’lim muassasalarining matematika fani dasturini takomillashtirish, darsliklarni sodda va tushunarli tilda tayyorlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda o‘quvchi ish daftarlari, o‘qituvchi metodik qo‘llanmalarini tayyorlash jarayonlarida ishtirok etish;
- Matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar uchun o‘quv dasturlari, darslik va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish jarayonida ishtirok etish hamda ixstisoslashtirilgan maktablarga uslubiy yordam ko‘rsatish. Prezident maktablarida Institut akademiklari tomonidan mashg‘ulotlar tashkillashtirishga ko‘maklashish;
- O‘rta maxsus (akademik litsey), boshlang‘ich professional ta’lim (kasb-hunar maktablari) muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, ularning matematika fani dasturlari bo‘yicha xulosalar berish, darsliklar va uslubiy qo‘llanmalar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimlarida faoliyat olib borayotgan Matematika fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish kurslari o‘quv dasturlarini takomillashtirish jarayonida ishtirok etish. Matematika instituti olimlarini malaka oshirish kurslarida ma’ruzalar o‘qishga jalb qilish;
- Oliy ta’lim muassasalarining matematika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalaridagi mutaxassislik fanlaridan darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, misol va masalalar to‘plami, uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar yaratishda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va Institut xodimlarining hamkorligini tashkil etish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish;
- Davlat ta’lim muassasalarida qo‘llaniladigan matematika fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalariga majburiy tartibda Laboratoriya mutxassislari tomonidan ekspert xulosasini berish;
- Institut hududiy bo‘linmalari tarkibida tashkil etilgan O‘quv markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga uslubiy yordam ko‘rsatish;
- Respublika miqyosida matematika ta’limi bo‘yicha o‘quv-uslubiy xarakterdagi tadbirlar (ilmiy-uslubiy konferensiyalar, seminarlar, tanlovlar, ko‘rgazmalar)ni tashkil etish;
- Institutda matematika ta’limi bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallarning elektron bazasini yaratish;
Xalqaro hamkorlik
-
Seminarlar
Matematika ta’limining dolzarb muammolari va ularning yechimlari (ilmiy-uslubiy seminar)
Seminar manzili: ZOOM ID- 3836418273
Har juma kuni soat 15:00 da V.I.Romanovsky nomidagi Matematika instituti 105-xonada
Seminar rahbari: D. Boytillayev , seminar kotibi:Z. Tug’yonov Abdurasulov