Xalqaro matematika kuni munosabati bilan yosh olimlar konferensiyasi tashkil etildi.

📅 14-Mart, 2024-yil 16:36

Yangilik rasmi Xalqaro matematika kuni munosabati bilan yosh olimlar konferensiyasi tashkil etildi ⏺Bugun, 14-mart kuni O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti hamda O‘zbekiston Matematika jamiyati hamkorligida “14-mart – Xalqaro matematika kuni” munosabati bilan “Zamonaviy matematikaning dolzarb muammolari va tadbiqlari” mavzusida yosh olimlar ilmiy konferensiyasi o‘tkazildi. ⏺Konferensiyada akademiklar Sh.A.Ayupov, Sh.Q.Farmonov, professorlar M.M.Aripov, A.Ortiqboyev, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar hamda 100 dan ziyod yosh olimlar, magistrantlar ishtirok etdi. ⏺Anjuman yakunida Turkmaniston Respublikasida o‘tkazilgan Xalqaro olimpiada (OMOUS-2024)da yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan Matematika fakulteti 3-kurs talabalari N.Nabixonov, F.Keldiyorov va X.To‘yliyevlar universitet rektorining faxriy yorlig‘larini bilan taqdirlandi.