Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi O'tkir Roziqov bilan uchrashuv tashkil etildi.

📅 16-Aprel, 2024-yil 11:33

Yangilik rasmi #uchrashuv ✅Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi O'tkir Roziqov bilan uchrashuv tashkil etildi. ▶️O‘tkir Roziqov – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktorining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi. Shuningdek, 2018-yilda Butunjahon Fanlar akademiyasi (TWAS) akademikligiga saylangan. ♻️Uchrashuvda akademik O'.Roziqov, QarDU professori A.Hamrayev, maktab-internat o'qituvchilari hamda o'quvchilari ishtirok etib, jamiyatimizda ilmiy izlanishlarni, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy integratsiyani ta’minlash o‘ta muhim ahamiyat kasb etishi va iqtidorli yoshlarni bu borada to‘g‘ri yo‘naltirish, ularga ustoz-shogird an’analarini davom ettirish lozimligi haqida fikr bildirildi. 💫Suhbat ochiq muloqot tarzida o‘tib o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, ilm-fan sohosidagi yangiliklar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.