Akademik va yoshlar uchrashuvi
📅 16-Aprel, 2024-yil 11:37

15-aprel kuni Butunjahon Fanlar akademiyasi (TWAS) akademigi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktor oʻrinbosari, akademik Roziqov O‘tkir Abdulloyevich Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti Matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi taklifiga binoan Qarshi davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Fakultet talaba-yoshlari, magistrantlar hamda kafedra professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuvda akademik O‘.Roziqov oʻzining ilmiy va amaliy faoliyati, akademik darajasigacha yetib kelishdagi mashaqqatlari va mehnatlari haqida gapirib berdi. Shuningdek, bugungi kunda yoshlarimizga yaratilayotgan qulayliklar va ilm sohasidagi imkoniyatlar haqida soʻz yuritib, ulardan unumli foydalanishga chaqirdi.
Uchrashuv qiziqarli ruhda, tinglovchilarning savol va javoblariga asoslangan holda o‘tdi. Ma’lumot o‘rnida O‘.Roziqovning Matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi magistrantlariga bir hafta davomida "Stoxastik analiz nazariyasi" fanidan ma'ruzalar o‘qishi rejalashtirilgan.