Akademik bilan uchrashuv

📅 19-Aprel, 2024-yil 10:21

Yangilik rasmi 🇺🇿O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2024-yil 1-apreldagi "IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR TARMOG‘INI KENGAYTIRISH VA ULARNING FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"gi 55-son farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida. ❇️ Qarshi shahridagi Prezident maktabiga dunyoning TOP 2 foiz olimlari ro'yxatidan joy olgan, fizika – matematika fanlari doktori, Butunjahon Fanlari akademiyasi (TWAS) hamda O'zbekiston fanlar akademiyasi akademigi Roziqov O’tkir Abdulloyevich tashrif buyurdi. 📚Akademik va o'quvchilar uchrashuvi tashkil etildi. Suhbat davomida akademik O’tkir Roziqov o’zining ilmiy sohadagi tajribalari bilan o'rtoqlashdi. Uchrashuv juda samimiy, mazmunli hamda savol – javoblarga boy bo’ldi.