Yoshlarimiz yutug'i
📅 3-May, 2024-yil 6:38

✅ Joriy yilning 3-may kuni Fanlar akademiyasida tashkil qilingan
"Uchinchi renessans yosh olimlari: Zamonaviy vazifalar, innovatsiya va istiqbol" mavzusidiga xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.
🥇🥈Anjumanda V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutidan bir nechta yosh olimlar va doktorantlar faol ishtirok etishdi. Quvonarlisi, "Eng yaxshi maqola" nominatsiyasi bo'yicha institutning 1-bosqich tayanch doktoranti Iroda Choriyeva faxrli 1-o'rinni, 3- bosqich tayanch doktorant Nargiza Yuldasheva faxrli 2- o'rinni egalladi. G'oliblar diplom, sertifikat, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
👏 G'oliblarni ushbu yutuq bilan muborakbod etgan holda, yutuqlar davomiy bo'lishini tilaymiz!