Akademik Shavkat Ayupov talabalarga algebraning zamonaviy masalalari bo‘yicha ma’ruza qildi.

📅 4-May, 2024-yil 6:43

Yangilik rasmi 📱Akademik Shavkat Ayupov talabalarga algebraning zamonaviy masalalari bo‘yicha ma’ruza qildi. Bugun, 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori, O‘zbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov Urganch davlat universitetiga tashrifi doirasida Fizika-matematika fakultetining talaba-yoshlari bilan ham uchrashdi. Dastlab uchrashuvda bugungi kunda ilm-fan sohasini xususan, matematika sohasi rivojlantirishda amalga oshirilgan islohotlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan fondlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Uchrashuvning ikkinchi qismida talabalarga algebraning zamonaviy masalalari bo‘yicha ilmiy ma’ruza qildi.