63-xalqaro "Gullar festivali"ni ko‘tarinki kayfiyatda nishonlayotgan Namangan yana bir nufuzli anjumanga mezbonlik qilmoqda
📅 23-May, 2024-yil 5:44

«O‘zbekiston – 2030» strategiyasi doirasida ilmiy va innovasion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmalar yaratish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash maqsadida «Akademik va yoshlar: ilm-fan taraqqiyotini yoshlar yaratadi» mavzusidagi akademiklar va yoshlar kongressi o‘tkazilmoqda.
Bugun Namangan shahridagi “Ma’rifat maskani”da boshlangan mazkur kongress Namangan muhandislik-texnologiya instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonning yetakchi oliy o‘quv yurtlari rektorlari, Akademiklar, professorlar, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan 200 ga yaqin ortiq ilm-fan vakillari va to‘rt mingdan ortiq o‘quvchi-yoshlarni qamrab olmoqda.
E’tiborli jihati, kongress yakunlariga ko‘ra, o‘zaro hamkorlik shartnomlari imzolash, fizika fanini o‘qitish bo‘yicha Namangan tajribasini ommalashtirish maqsad qilingan.