Kundalik hayotimizda matematikaning ahamiyati
📅 18-Aprel, 2025-yil 5:10

Namangan viloyati pedagogik mahorat markazida "Matematika va turmush" mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
✅Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori o‘rinbosari, akademik Rozikov Utkir Abdulloyevich boshchiligidagi bir guruh olimlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Akademik Roziqovning "Matematika kundalik hayotda" nomli ma'ruzasi tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va ularni hayratga soldi. Ma'ruzada matematikaning kundalik hayotimizdagi ahamiyati, undan turli sohalarda foydalanish imkoniyatlari misollar bilan tushuntirildi.
✅Ushbu seminar matematikaning amaliy ahamiyatini oshirishga va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirishga xizmat qiladi.