Farg‘ona vodiysi matematiklarining navbatdagi seminar yig‘ilishi o‘tkazildi

📅 20-Aprel, 2025-yil 5:13

Yangilik rasmi Namangan davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida Farg‘ona vodiysi matematiklari birlashgan seminarining navbatdagi 14-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 🔹 Bo‘lib o‘tgan seminar yig‘ilishda akademiklar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar ishtirok etishdi. Seminar davomida bir qator mavzularda ilmiy ma’ruzalar o‘tildi. ➡️ Jumladan, akademik Utkir Ro‘ziqov tomonidan «Matematik billiard va uning tatbiqlari» mavzusidagi ilmiy ma’ruza yig‘ilish qatnashchilarini e’tiborini tortdi. ➡️ Ma’ruzachi tomonidan matematik billiard tushunchasi, uning nazariy asoslari hamda fizika, optika, kompyuter grafikasi va sun’iy intellekt kabi sohalardagi amaliy qo‘llanilishi haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.