Akademik Abdulla A'zamov “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
📅 10-Sentabr, 2025-yil 11:32

Akademik Abdulla A’zamov “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Bugun bir guruh akademiklar “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti laboratoriya mudiri, akademik Abdulla A’zamov ham bor.
Ustozni ushbu yuksak e’tirof bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz hamda ularga mustahkam sog‘liq, kuch-quvvat va uzoq umr tilaymiz!