DIQQAT E'LON
📅 13-Oktabr, 2025-yil 11:13

📣📣 DIQQAT E'LON 📣📣
📌 V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti 2026-yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikda tahsil olish uchun tanlov e’lon qiladi.
⏩ Talab etiladigan hujjatlar
✅ Ariza
✅ Qisqacha biografik ma’lumot (3.5 shakl bo‘yicha, o‘zbek va rus tillarida)
✅ Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ishlayotganlar uchun)
✅ Magistratura yoki mutaxassislik dasturi bo‘yicha diplom nusxasi
✅ Nashr etilgan ilmiy ishlar (tayanch doktorantura uchun kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis)
✅ Pasport nusxasi
✅ Tan olingan xorijiy til sertifikati (Stajyor-tadqiqotchilar uchun majburiy emas)
✅ Prezident Davlat stipendiyasi guvohnomasi (mavjud bo‘lsa)
⏩ Doktorantura (DSc) uchun qo‘shimcha talablar
✅ PhD yoki unga teng ilmiy daraja diplomi nusxasi
✅ Doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi
✅ Nashr etilgan ilmiy ishlar ro'yxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis)
‼️Barcha hujjatlar PDF shaklda tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (https://daraja.ilmiy.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.
Hujjatlar 2025-yilning 5-noyabriga qadar qabul qilinadi.
📍 Murojaat uchun tel.: 99 772 17 90, 71 207 91 43