Qori Niyoziy olimpiadasi
📅 2-Noyabr, 2025-yil 11:15
🔴"Akademik Qori Niyoziy merosi" ilmiy-metodik markazi, Matematika instituti hamda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (https://t.me/aifu_university) hamkorligida maktab Matematika fani oʻqituvchilari uchun mukofot jamgʻarmasi 20 000 000 so'm boʻlgan Qori Niyoziy olimpiadasining 1-bosqichi (saralash) o'tkazildi. Unda 56 va undan yuqori ball to‘plagan barcha (jami 235 kishi) 2-bosqichda qatnashishi mumkin.
Natijalar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: bu yerda (https://t.me/milliymatematikauz/6548)
2-bosqich 5 ta yozma ish (har biri 10 balldan) topshiriqlaridan iborat bo'lib, unda maksimal 50 ball to'plash mumkin.
Eslatma: 2-bosqich natijalarini hisoblashda 1-bosqichda olingan natijalar qo‘shilmaydi!
Olimpiadaning 2-bosqichi Toshkent shahrida 2-noyabr (yakshanba) kuni soat 09:30 da Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida o‘tkaziladi. Qatnashuvchilar shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishi talab qilinadi.
📍Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining manzili: loc.aifu.uz