“Qori Niyoziy olimpiadasi”ning yakuniy bosqichi
📅 3-Noyabr, 2025-yil 11:19






2025 yil 2 noyabr kuni “Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi, Matematika instituti hamda Aniq va Ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktablari va litseylari Matematika fani oʻqituvchilari uchun mukofot jamgʻarmasi 20 million so‘m boʻlgan Respublika miqyosidagi an’anaviy “Qori Niyoziy olimpiadasi”ning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bosqichda 56 va undan yuqori ball to‘plagan 235 ta pedagog xodimlar keyingi bosqichga taklif qilingan edi. Yakuniy bosqichda 45 nafar pedogoglar o‘z bilimlarini sinab ko‘rish uchun yetib kelishdi. Sinov natijalariga ko‘ra quyidagi 6 nafar pedagoglar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin: (4 000 000 so‘m) Axadov Abdushukur O‘tkir o‘g‘li – Sirdaryo vil., Muhammad Al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Guliston filiali;
2-o‘rin: (3 500 000 so‘m) Jumayev Zafar Otamurodovich – Navoi vil., Navoiy shahar 1- sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati;
2-o‘rin: (3 500 000 so‘m) Norboyev Jahongir Jo‘rabek o‘g‘li – Toshkent sh., O‘zR IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
3-o‘rin: (3 000 000 so‘m) Toshpulatov Elbek Beshim o‘g‘li – Toshkent vil., Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabi;
3-o‘rin: (3 000 000 so‘m) Sobirov Dilmurod Azimboy o‘g‘li – Toshkent sh., KHISO xalqaro maktabi;
3-o‘rin: (3 000 000 so‘m) Orifjonov Ozodbek Odiljon o‘g‘li – Sirdaryo vil., Gulistan Alpha Academy NTM.