Matematika instituti xodimlari o‘rtasida shaxmat musobaqasi
📅 12-Noyabr, 2025-yil 19:11
Bugun Matematika instituti xodimlari o‘rtasida shaxmatning blits yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Unda 10 ta ishtirokchi ikki guruhga bo‘linib, o‘zaro bir martadan dona surishdi. Har bir o‘yin 5 daqiqa +2 soniya qoidasi asosida o‘ynaldi. O‘z guruhlarida dastlabki ikki o‘rinni egallagan shaxmatchilar yarim finalda qatnashishdi. Musobaqa yakunida noyabr oyi chempioni unvoniga Babayev Samandar Samiyevich ega bo‘ldi. Finalda mag‘lub bo‘lgan Polvonov Sarvarbek Zafar o‘g‘li ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rin uchun bahsda Oltiboyev Davrbek g‘olib bo‘ldi. Barcha qatnashchi shaxmatchilarimizga rahmat aytamiz.