Prezidentimiz “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
📅 29-Dekabr, 2025-yil 11:24
Prezidentimiz “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Ushbu muhim, tarixiy hujjat bilan Fanlar akademiyasining asosiy maqsad va ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. Fanlar akademiyasida 2030-yilga qadar belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar yo‘lga qo‘yiladi. 2030-yilga qadar FA va uning tizim tashkilotlarida yangi ilmiy ishlanmalar soni va tijoratlashtirishdan olinadigan mablag‘lar hajmi 3 baravarga; ilmiy xodimlar tarkibida yoshlar ulushi 60 foizgacha; nufuzli xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgan maqolalar soni 4 baravarga; akademiklar va professorlarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki 5 baravarga; xalqaro hamkorlikda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar soni 3 baravarga oshiriladi.
Xorijiy mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy diasporani O‘zbekiston ilm-faniga reintegratsiya qilinib, FA ilmiy muassasalarini raqobat tamoyili asosida moliyalashtirish tizimiga o‘tadi, yoshlarning akademik fanlarda ishtirokini kuchaytirish uchun ularni rag‘batlantirish tizimini yaratiladi.
Akademiyaning yangi ishlanmalarini tijoratlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Fan va sanoat integratsiyasi kengashi tashkil etiladi va uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Shuningdek, hujjat bilan FA faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi, 2030-yilgacha maqsadli ko‘rsatkichlari, ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich oshirish rejasi tasdiqlandi.
Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlarining umumiy cheklangan soni 50 nafar etib belgilandi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi hamda Innovasion rivojlanish agentligining Xalqaro molekulyar allergologiya markazini Fanlar akademiyasi tizimiga o‘tkaziladi.
Namangan, Samarqand va Termiz shaharlarida Fanlar akademiyasining hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.
Xalqaro ilm-fan kengashining Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisi tashkil etiladi.
Yana bir muhim yangilik – ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, yosh olimlarni jalb qilish va strategik ahamiyatga ega ilmiy yo‘nalishlarni barqaror moliyalashtirish maqsadida Fanlar akademiyasi jamg‘armasi tashkil etiladi va davlat byudjetidan har yili 80 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ ajratiladi.
Endi tizim oldida turgan eng muhim vazifa – mazkur qaror ijrosini samarli tashkil etish, belgilangan vazifa, marralarni bajarish. Davlatimiz rahbari tomonidan sharoit yaratilmoqda, imkoniyat berildi undan foydalanish, birgalikda mamlakat ilm-fani kuchini yuqori darajaga olib chiqishimiz lozim!
@hilola_umarova