Matematika instituti professori Ispaniyaning Santyago-de-Kompostela universitetida ma’ruza qildi
📅 15-Yanvar, 2026-yil 19:31
O‘zbekistonlik olim, professor Abror Xudoyberdiyev Ispaniyaning nufuzli Santyago-de-Kompostela universiteti (USC) Matematika fakulteti ilmiy seminarida ishtirok etdi. Seminar davomida u "Cheksiz o‘lchamli Li algebralarining quazi differensiallashlari" mavzusida ma’ruza qilib, soha mutaxassislari bilan o‘z tadqiqot natijalarini bo‘lishdi.
Tadbir yakunida A. Xudoyberdiyev ko‘p yillardan buyon O‘zbekiston algebra ilmiy markazi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan taniqli olim, professor Manel Ladrani 70 yoshlik yubileyi bilan muborakbod etdi.